1

Shifobaxsh urug`lar yo`talda foydali, oshqozon xastaliklarini davolaydi va immunitetni oshiradi!

Salomatlik 22.12.2016, 09:56
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Shifobaxsh urug`lar yo`talda foydali, oshqozon xastaliklarini davolaydi va immunitetni oshiradi!

Xalqimizda «Danagidan mag`zi shirin» degan maqol bor. Mazkur naqlni meva va sabzavotlarning urug`iga nisbatan ham ishlatish mumkin. Chunki ayrim urug`lar ham totli ta`mi, ham turli dardlarga davo ekanligi bilan e`tiborimizga molik. Qanday dard deysizmi? Tanishing.

Oshqovoq urug`i

Oshqovoq urug`ining foydasini bilmagan kishining o`zi bo`lmasa kerak. Yog`lilik darajasi yuqori bo`lganligi sababli shirasi og`izga yoqadi. Foydasi esa bir qancha.

Tarkibidagi kukurbitin zahri gijja va qurtlarni nobud qiladi. Buning uchun 2‑3 osh qoshiq oshqovoq urug`ini ustki po`stlog`idan tozalab (mag`zidagi  sellofan sifat po`stlog`ini olib tashlamang), hovonchada ezing. Keyin biroz suv va ta`bga ko`ra asal qo`shib, bo`tqa holiga kelguncha aralashtiring. Aralashmani ertalab och qoringa 1 osh qoshiqdan 1 soat davomida eng. Ta`sir darajasini oshirish uchun 3 soatdan so`ng ichni yumshatuvchi damlama iching. Muolajani 2‑3 kunlik tanaffus bilan takrorlashingiz mumkin.

Ovqat hazmini osonlashtirish, ichak tizimini yaxshilash uchun ovqatdan so`ng biroz oshqovoq urug`ini eyish zarur.

Xitoyliklar oshqovoqning urug`i bilan stress va depressiyani davolaydi. Chunki u xotirani mustahkamlab, immunitetni ko`taradi, miya faoliyatini yaxshilaydi va charchoqni engadi.

Yuzingizdagi husnbuzarlarni yo`qotishni istasangiz, kuniga 5‑6 dona oshqovoq urug`i iste`mol qiling.

Oshqovoq urug`i erkaklar uchun ham foydali, u prostata bezini muhofaza qiladi. Buning uchun har kuni 30 dona oshqovoq urug`i eyish kifoya. Yana 500 gr. oshqovoq urug`ini go`shtqiymalagichdan o`tkazib, 200 gr. asal bilan aralashtiring. Aralashmadan yong`oqchalar yasab, muzlatgichga qo`ying. Har kuni ovqatdan yarim soat avval 1‑2 marta 1 donadan eng. Muolajani yilda bir bora takrorlash kifoya.

Eslatma. Davo uchun faqat qovurilmagan oshqovoq urug`ini eyish lozim. Chunki urug` qovurilganda foydali xususiyatlarini yo`qotadi. Tarkibida yog` miqdori baland bo`lganligi bois oshqovoq urug`ini ko`p iste`mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Tarvuz urug`i

Tarvuz urug`ini chaynashning o`ziyoq organizmingizni kerakli vitaminlar bilan ta`minlaydi. Quritilgan tarvuz urug`ini kukun holiga keltirib, sut bilan aralashtiring (1 stakan sutga 1‑2 osh qoshiq tarvuz urug`i kukuni). Aralashma gijjalarga qarshi samarali ta`sir qiladi. Ovqatdan 2‑3 soat avval 1 stakandan kuniga 2 mahal iching. Bu aralashmadan bolalarga ham berishingiz mumkin, u gijja paydo bo`lishining oldini oladi.

Tarvuz urug`i tarkibidagi arginin aminokislotasi yurak-qon tomir tizimi hamda qon bosimi bilan og`rigan bemorlar uchun foydali. U immunitetni ko`taradi va oshqozon ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi.

Qovun urug`i

Bu foydali mahsulot ruh moddasiga boy bo`lib, teri va sochlarga yaxshi ta`sir qiladi. Buning uchun kuniga 1 choy qoshiqdan kukun holiga keltirilgan qovun urug`ini iste`mol qilish etarli.

Behi urug`i

Shilimshiq parda bilan o`ralgan behi urug`i tabobatda keng qo`llaniladi. Undan damlamalar tayyorlanib, ich yumshatuvchi, oshqozon‑ichak tizimi kasalliklarida o`rovchi va yumshatuvchi, bolalardagi kolit va dizenteriyada, shuningdek, og`iz bo`shlig`i hamda tomoq kasalliklari, yo`talda balg`am ko`chiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Ba`zi hollarda bachadondan qon ketishi va qon tuflaganda ham behi urug`i damlamasi tavsiya qilinadi. Agar doimiy ravishda og`zingiz qurib ketayotganini his qilsangiz, albatta behi urug`idan tayyorlangan damlama ichishingiz zarur.

1 choy qoshiq behi urug`iga 1 stakan suv soling va 15 daqiqa past olovda qaynating. 2 soat tindirgach, dokadan suzib oling. Yo`tal, ich qotishi, bronxit, tomoq yallig`lanishi kabi kasalliklarda kuniga 3 mahal ovqatdan avval 1 stakandan iching.

FAYRUZA tayyorladi 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1