AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yigit mashina to‘mida salyut uchirdi

Qoidabuzar fuqaro 7 sutkaga qamaldi.

'Toshkent viloyatida yigit mashina to‘mida salyut uchirdi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIB YXK xabariga ko‘ra, 3 avgust kuni Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda, harakatlanib ketayotgan mashina ustida pirotexnika vositalaridan foydalangan va bu holat aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida haydovchi va qoidabuzar shaxs aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan yo‘lovchining hayotini xavfga qo‘ygani sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi, ya’ni yo‘l bezoriligi bo‘yicha, yo‘lovchiga esa jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaganligi, jamoat tartibini buzganligi hamda pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalangani sababli 183- va 185-1-moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ishga doir hujjatlar Yuqori Chirchiq tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qarori bilan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Ma’muriy kodeksning tegishli moddalarida aybli deb topilib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, transport vositasi haydovchisiga 1 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish va BHMning 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Uzum" brendini o‘g‘irlagan restorandan 94 million so‘m undirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:02

    "Uzum" brendini o‘g‘irlagan restorandan 94 million so‘m undirildi

    Restorandanlardan biri Uzum ko‘rinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilaotganligi aniqlandi.

    'Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:34

    Toshkentda bankomat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

    Bankomatni o‘g‘irlashga uringan 3 nafar "shovvoz"ga nisbatan jinoyat ishi ko‘zgatilgan.

    'Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik qoyatoshlar orasiga qisilib qolib, halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:56

    Bolgariyada 22 yoshli o‘zbekistonlik qoyatoshlar orasiga qisilib qolib, halok bo‘ldi

    O‘zbekistonlik sohilda cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqaraman deb qo‘yato‘shlar orasida qolib ketgan.

    'O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolarini qo‘lga oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:23

    O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolarini qo‘lga oldi

    Rossiya Federatsiyasida 7 nafar va O‘zbekiston hududida 2 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi.

    'Bugun havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:23

    Bugun havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    9 avgust kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Endi payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentda saqlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 22:10

    Endi payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentda saqlanadi

    Islom tsivilizatsiya markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan nusxalardan biri Imperator Hiroqlusga yuborilgan maqtublar rekonstruksiyasi namoyish etiladi.