“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov Jennifer Lopezning chiqishlari fonida, ro‘mol o‘ragan ayollarni ham qonun bilan himoya qilinishi lozimligini aytdi.
“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov dunyoviylik tushunchasi va uning mazmuniga oid fikrlarini bildirdi. Unga ta’kidlashicha, O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi bahsli va bu fuqarolarga qonunga xilof qilmagan holda erkin yashash imkonini beradi.
Qodirovning aytishicha, mamlakatta barcha millat va qarashdagi insonlar teng huquqqa ega bo‘lib, hech kim kami tutilishi mumkin emas. U misol tariqasida pivo ichish yoki ichmaslik – shaxsiy tanlov ekanini, biroq alkogol mahsulotlarini reklama qilish qonun bilan taqiqlanganini qayd etdi.
Siyosatchi jamiyatda turli madaniy tadbirlar o‘tkazilishini ham dunyoviyilikning bir ko‘rinishi deb baholadi. Masalan, u Jennifer Lopez kontsertini misol keltirib, uning libosi ham, tadbirga kelish yoki kelmaslik ham shaxsiy tanlov ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, Qodirov ayollar ro‘mol o‘rab yurishini ham qonun bilan himoya qilinishi lozimligini aytdi.
“Yalang‘och namoyishini dunyoviyilik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham daxl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopezga qanday kiyinishni o‘rgatmaganimizdek, e’tiqodli ayollarimizga ro‘molni qanday o‘rashni o‘rgatishni, qolaversa, shu yoshga kelib e’tiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga ro‘molini echib tushishga majburlashni ham to‘xtatish kerak. Identifikatsiya talablari yuzni ochiq bo‘lishini taqozo qiladi, sochni emas. Lopezga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik.”, – deydi u.
Alisher Qodirovning ta’kidlashicha, dunyoviyilik – bu kuchlining kuchsizga “dars o‘tishi” emas, balki ham ishongan, ham ishonmaganlarga teng munosabatda bo‘lishdir.