AsosiyJamiyat

Endi payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentda saqlanadi

Islom tsivilizatsiya markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan nusxalardan biri Imperator Hiroqlusga yuborilgan maqtublar rekonstruksiyasi namoyish etiladi.

'Endi payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentda saqlanadi'ning rasmi

Rasululloh (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yozgan maktublari papirusga ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi rejalashtirilmoqda.

Islom dinining keng yoyilishi va insoniyatni tavhidga da’vat qilish jarayonida Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tomonidan yuborilgan diplomatik maktublar alohida tarixiy ahamiyatga ega. U zot (s.a.v.) Islom da’vatini yetkazish maqsadida dunyodagi yetakchi hukmdorlarga xat yozib, muhlab yuborganlar. 

Islom tsivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ana shunday ulkan ma’naviy va tarixiy qimmatga ega nusxalardan biri — Imperator Hiroqlus (Geraklius)ga yuborilgan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruksiyasi namoyish etiladi.

Shu bilan birga, ekspozitsiyada Efiopiya, Misr, Bahrayn, Omon hukmdorlari, Fors shohiga yuborilgan maktublar nusxalari ham o‘rin olishi kutulmoqda. Ushbu xatlar nafaqat Islomning tinchlikparvar va diplomatik ruhini, balki Rasululloh (s.a.v.)ning siyosiy zakovati va insonparvarligini ham yorqin namoyon etuvchi tarixiy dalillardir.

Islom tsivilizatsiyasi markazi usbu eksponatlar orqali tashrif buyuruvchilarga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) mislsiz rahnamolik faoliyati va da’vat metodini yaqindan anglash imkonini yaratadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qaysi sohalarda Face ID orqali elektron shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi?'ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 19:19

    Qaysi sohalarda Face ID orqali elektron shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi?

    “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

    'Endi elektrom ta’minoti korxonalari xodimlari kameralar bilan ishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 19:02

    Endi elektrom ta’minoti korxonalari xodimlari kameralar bilan ishlaydi

    Xodimlarning iste'molchilar bilan muloqoti, joylarda o‘tkazgan o‘rganish ishlari bodikameralarga yozib olinadi.

    'Qo‘qonda ona farzandlari uchun 85 million so‘m aliment to‘lanadi'ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 18:39

    Qo‘qonda ona farzandlari uchun 85 million so‘m aliment to‘lanadi

    3 nafar farzand ota qaramo‘g‘iga topshirilgach, onaga aliment to‘lash belgilangan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 18:39

    'Prezident: “Oliy ta’lim tizimi real bozorga moslashishi kerak”'ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 16:26

    Prezident: “Oliy ta’lim tizimi real bozorga moslashishi kerak”

    Ishlab chiqaruvchilarga mos mutaxassis yetishtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

    'Prezident: "Diplom bor, ammo kasbga mos malaka yo‘q"'ning rasmi

    Jamiyat 08.08.2025 15:38

    Prezident: "Diplom bor, ammo kasbga mos malaka yo‘q"

    Oʻzbekiston rahbari oliygʻohlar taʼlimi haqiqiy mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelmayotgani keskin tanqid qildi.