AsosiyDunyo

AQSh tomonidan qoʻlga olingan “Marinera” tankeridagi ikki rossiyalik ozod etildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH tomonidan qo‘lga olingan Marinera tankeri ekipajida bo‘lgan ikki nafar Rossiya fuqarosi qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi.

'AQSh tomonidan qoʻlga olingan “Marinera” tankeridagi ikki rossiyalik ozod etildi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati mazkur tankerni 7 yanvar kuni Shimoliy Atlantikada ushlab qolgan. Vashington kemani Venesuela neftini noqonuniy ravishda tashishda ishtirok etganlikda gumon qilmoqda.

Marinera ekipajida Rossiya fuqarolaridan tashqari Ukraina, Gruziya va Hindiston fuqarolari ham bo‘lgan. "Yangi gazeta Yevropa" ma’lumotlariga ko‘ra, tanker Rossiyaning "Burevestmarin" kompaniyasiga tegishli. Kompaniya egasi Ilya Bugay avval Qrimda yashagan, keyinchalik Moskvaga ko‘chib o‘tgan.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, tanker qo‘lga olinganidan ikki kun o‘tib Moskva Vashingtonga rossiyaliklarni ozod qilish bo‘yicha murojaat qilgan. Shundan so‘ng AQSh ma’muriyati tegishli qaror qabul qilgan.

    Boshqa yangiliklar