AsosiyDunyo

“Kolomenskaya” metrosidagi portlash videoga muhrlandi (Video)

Moskvaning “Kolomenskaya” metro bekatida portlash sodir bo`lgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Ma`lumotlarga ko`ra, portlash bekatning janubiy vestyublida, payvandlash ishlari olib borilayotganda ro`y bergan. Portlash oqibatida olti kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari og`ir kuyish tan jarohati olgan, yana bir nafar odam juda og`ir ahvolda.

Ta`mirlash ishlari olib borayotgan “Rost E” kompaniyasi o`z faoliyatidan chetlatildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Kolomenskaya” metrosining janubiy vestibyuli vaqtincha yopib qo`yildi. Shu sababli fuqarolarning hayotiga hech qanday xavf yo`q edi.

Portlash oqibatida sodir bo`lgan yong`in besh kvadrat metr joyga tarqaldi.

Boshqa yangiliklar