AsosiySiyosat

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Maulen Ashimbaev bilan nimalarni muhokama qildi?

'Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 5 fevral kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

Maulen Ashimbayev bilan Suhbat samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Quvonarlisi, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘ldi, — deya qayd etadi Mirziyoyeva.

Shuningdek, u parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari haqida ham suhbat bo‘lganini bildiradi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman,— deya yozadi Prezident administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.