Bu haqda Bosh vazir devoni ma'lum qildi.
Bayonotga ko'ra, Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Tramp 11 fevral kuni Vashingtonda AQSh-Eron muzokaralarini muhokama qilishadi.
"Bosh vazir har qanday muzokaralar, albatta, (Eronning) ballistik raketa arsenalini cheklash va Eron o'qini qo'llab-quvvatlashni to'xtatish mavzularini o'z ichiga olishi kerak, deb hisoblaydi", deyiladi bayonotda.
Shuni ta'kidlash kerakki, Eron va AQSh juma kuni Ummon poytaxti Maskatda Tehronning yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni hal qilish bo'yicha muzokaralarni qayta boshladilar. Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, AQSh delegatsiyasiga esa prezidentning maxsus elchisi Stiv Uitkoff boshchilik qildi. Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiyni so'zlariga ko'ra, Tehron va Vashington delegatsiyalari Maskatda Eron yadroviy dasturi bo'yicha juda jiddiy maslahatlashuvlar o'tkazdilar va muloqotni davom ettirish niyatida.






