AsosiyBu qiziq

Bugun ham yomg‘ir yog‘adi

Oʻzbekistonning aksar hududlarida oʻzgaruvchan ob-havo, yomgʻir va kuchayib borayotgan shamol bilan boshlanadi.

'Bugun ham yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

"O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, 10 fevral, dushanba kuni respublika bo'ylab yog'ingarchilik va kuchli shamol kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo o'zgaruvchan bo'lib, kechga tomon yomg'ir yog'ishi mumkin. Shamol sharqdan g'arbga o'zgarib, sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10–12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+8 daraja iliq, kunduzi esa +14...+16 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasining ba'zi joylarida yomg'ir yog'ishi, ayrim hududlarda yog'ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq atrofida bo'ladi.

Xorazm viloyatida ham o'zgaruvchan ob-havo saqlanib, ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi va tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o'zgaruvchan ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metrgacha, ayrim joylarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida ham havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik (yomg'ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo'ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko'chishi havfi bor.

Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja iliq bo'ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“O‘zgidromet” kuchli yomg‘irlar haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Bu qiziq 09.02.2026 10:03

    “O‘zgidromet” kuchli yomg‘irlar haqida ogohlantirdi

    10-13 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

    'Ilon Musk Oy va Marsda shaharlar qurilishini e'lon qildi.'ning rasmi

    Bu qiziq 09.02.2026 09:11

    Ilon Musk Oy va Marsda shaharlar qurilishini e'lon qildi.

    SpaceX asoschisi Elon Musk Oy va Marsda shaharlar barpo etishni rejalashtirganini ma'lum qildi.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 08.02.2026 18:01

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    Yangi hafta O‘zbekistonning aksar hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo, yomg‘ir va kuchayib borayotgan shamol bilan boshlanadi.

    'Qirg‘izistonda eri xotinini yoqib yuborishga urinishda gumonlanib qo‘lga olindi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.02.2026 15:50

    Qirg‘izistonda eri xotinini yoqib yuborishga urinishda gumonlanib qo‘lga olindi

    5 fevral kuni 27 yoshli ayol politsiyaga murojaat qilib, 2025 yil 15 oktyabr kuni turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq og‘ir zo‘ravonlik holati sodir bo‘lganini bildirgan.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.02.2026 11:22

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiyomatini belgiladi.

    'Shavkat Mirziyoyev Pokistonda faxriy doktor va professor bo‘ldi.'ning rasmi

    Bu qiziq 06.02.2026 02:18

    Shavkat Mirziyoyev Pokistonda faxriy doktor va professor bo‘ldi.

    Ushbu unvonlar O‘zbekiston yetakchisining ijtimoiy-iqtisodiy va ta’lim sohalaridagi islohotlar, mamlakatni izchil modernizatsiya qilish, fan va texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik hamda akademik aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berilgan.