AsosiyDunyo

Afgʻonistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik yumshatildi

Afg‘onistonda qabul qilingan yangi qoidalarga ko‘ra, agar ayolga nisbatan kaltaklash og‘ir tan jarohatlariga olib kelmagan bo‘lsa, erkak javobgarlikka tortilmaydi.

'Afgʻonistonda ayollarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik yumshatildi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, Afg'onistonda joriy etilgan yangi reglamentga binoan, ayollarga nisbatan kaltaklash holatlari og'ir tan jarohatlari bilan yakunlanmagan taqdirda jinoyat sifatida baholanmaydi. Hujjatga ko'ra, ayol kishiga etkazilgan suyak sinishi yoki jiddiy jarohatlar uchun ham jazo muddati bor-yo'g'i 15 sutkani tashkil etadi.

Shu bilan birga, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun belgilangan jazo ayollarga nisbatan zo'ravonlik uchun ko'zda tutilgan jazodan o'n barobar og'ir ekani qayd etilmoqda.

Qayd etilishicha, zo'ravonlik faktini isbotlash va erkakning aybini sudda tasdiqlash majburiyati to'liq jabrlanuvchi ayol zimmasiga yuklatilgan. Huquq himoyachilari mazkur normalar ayollar huquqlarini jiddiy ravishda cheklashi va jazosizlikka olib kelishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiyada Bosh vazir Sanae Takaichi boshchiligidagi partiya g‘alaba qozondi.'ning rasmi

    Dunyo 09.02.2026 08:10

    Yaponiyada Bosh vazir Sanae Takaichi boshchiligidagi partiya g‘alaba qozondi.

    8 fevral kuni Yaponiyada boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari saylovlarda Liberal-demokratik partiya parlamentning quyi palatasidagi 465 oʻrindan 316 tasini qoʻlga kiritdi.

    'Isroil AQShni Eronga zarba berish ehtimoli haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 09.02.2026 05:12

    Isroil AQShni Eronga zarba berish ehtimoli haqida ogohlantirdi

    Isroil Eron ballistik raketalar bo‘yicha belgilangan “qizil chiziq”dan o‘tgan taqdirda, Tehronga qarshi yakka holda harbiy zarba berishga tayyor ekanini AQShga ma’lum qildi.

    'Italiyada Olimpiya oʻyinlarining ilk kunida temir yoʻlda qoʻporuvchilik sodir etildi'ning rasmi

    Dunyo 08.02.2026 18:59

    Italiyada Olimpiya oʻyinlarining ilk kunida temir yoʻlda qoʻporuvchilik sodir etildi

    Hodisa poezdlar harakatida jiddiy kechikishlarga sabab bo‘lgan.

    'Xitoyda biotexnologiya zavodi portlashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 08.02.2026 12:39

    Xitoyda biotexnologiya zavodi portlashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi

    Mahalliy hokimiyat tomonidan hodisa sabablarini aniqlash uchun maxsus tergov guruhi tuzilgan.

    'Hindistonda odamlar uchayotgan attraksion qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 08.02.2026 11:11

    Hindistonda odamlar uchayotgan attraksion qulab tushdi

    Hodisa oqibatida 1 nafar politsiya inspektori vafot etgan. 13 kishi jarohatlangan.

    'Italiya bosh vaziri Olimpiadada uxlab qoldi'ning rasmi

    Dunyo 08.02.2026 10:02

    Italiya bosh vaziri Olimpiadada uxlab qoldi

    Ushbu holat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.