28 yanvar kuni Olmaliqdagi 5-son umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi K.E. maktab yo‘lagida hushini yo‘qotib, tez yordam ko‘rsatishga qaramay vafot etdi.
Toshkent viloyat maktab boshqarmasi ma’lum qilishicha, voqea tarbiyaviy yig‘ilishdan so‘ng stress oqibatida yuz bergan.
Hozirda tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, yakuniy xulosa rasman surishtiruvdan so‘ng e’lon qilinadi.






