AsosiyDunyo

Yun Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Avvalroq, prokuratura unga nisbatan o‘lim jazosi so‘ragan edi.

'Yun Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi'ning rasmi

Janubiy Koreya sobiq prezidenti 2024 yil oxirida harbiy holat joriy etgani ortidan isyon uyushtirishda aybdor deb topildi. Prokuratura unga nisbatan o‘lim jazosi so‘ragan edi.

Yonhap xabariga ko‘ra, sud Yun Sok Yolni konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va isyon tashkil etish ayblovlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qildi. U 2022 yil mayidan boshlab prezident lavozimida ishlagan.

2024 yil dekabrida qisqa muddatga harbiy holat joriy etilgach, Janubiy Koreya Milliy assambleyasi tomonidan impichment e’lon qilingan. 2025 yil aprelida impichment tasdiqlanib, u lavozimidan chetlatilgan. Shundan so‘ng bir necha bor tergovga chaqirilgan va oxir-oqibat hibsga olingan.

Avvalroq, 2026 yil yanvarida sobiq prezident hokimiyatni suiiste’mol qilish va hibsga olishga qarshilik ko‘rsatish ayblovlari bilan 5 yilga qamalgan edi.

Prokurorlar isyon aybi bo‘yicha unga nisbatan o‘lim jazosi tayinlashni so‘ragan, biroq sud eng og‘ir jazo sifatida umrbod qamoqni belgiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kim Chen In halok bo‘lgan askarlar oilalari uchun qurilgan yangi uylarni ochdi'ning rasmi

    Dunyo 16.02.2026 10:16

    Kim Chen In halok bo‘lgan askarlar oilalari uchun qurilgan yangi uylarni ochdi

    Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya–Ukraina urushida halok bo‘lgan shimoliy koreyalik harbiylar oilalari uchun Pxenyanda qurilgan yangi uylarning ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Epstein ishi: 300 dan ortiq mashhurlarning ismi oshkor qilindi'ning rasmi

    Dunyo 16.02.2026 04:58

    Epstein ishi: 300 dan ortiq mashhurlarning ismi oshkor qilindi

    AQSh Bosh prokurori Jeffri Epstein ishiga doir hujjatlarda tilga olingan yuzlab taniqli shaxslar roʻyxati eʼlon qilinganini maʼlum qildi.

    'Mamdani Nyu-York meri bo‘lgach, Isroilga dron yetkazgan kompaniya Brooklyndan chiqarildi'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 21:09

    Mamdani Nyu-York meri bo‘lgach, Isroilga dron yetkazgan kompaniya Brooklyndan chiqarildi

    Hozircha kompaniya va shahar maʼmuriyati qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

    'Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjonning Ukrainadagi elchixonasiga uch marta hujum qilishda aybladi'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 16:19

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjonning Ukrainadagi elchixonasiga uch marta hujum qilishda aybladi

    Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uchta hujum bo‘lganini ta’kidladi.

    'Venesuela 17 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.02.2026 14:12

    Venesuela 17 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi

    Milliy Assambleya raisi Xorxe Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda Karakasdagi 7-zona qamoqxonasida saqlanayotgan mahbuslar ozod qilinganini eʼlon qildi.