“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning o‘rtasiga kelib havo 20-25 daraja iliqqacha isiydi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati respublika shimolida 8-13 daraja atrofida bo‘ladi. Ertaga O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
21 fevral kuni kechasi va ertalab respublikaning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 21 fevral kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
21 fevralda kunduzgi havo harorati me’yoriy qiyamatlargacha pasayadi va 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
22 fevral – yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 15-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Dam olish kunlari kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
Ertaga 21 fevralda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
22 fevral – yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 20 fevralda kechqurun va 21 fevralda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.






