AsosiyJamiyat

Umraga borish 18 apreldan vaqtincha to‘xtatiladi

Saudiya Arabistoni Haj mavsumi oldidan Umra vizalari va ziyorat muddatlari bo‘yicha so‘nggi sanalarni e’lon qildi.

'Umraga borish 18 apreldan vaqtincha to‘xtatiladi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni hukumatining 2026 yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida Umra ziyoratini 18 apreldan vaqtincha to‘xtatishi ma’lum qilindi. Yangi tartibga ko‘ra, Umra amallarini bajarishning oxirgi kuni 18 aprel etib belgilangan.

Rasmiy ma’lumotlarga muvofiq, Umra vizesiga ariza topshirishning so‘nggi sanasi 19 mart, mamlakatga kirishning oxirgi kuni 2 aprel, chiqib ketishning oxirgi kuni esa 18 aprel hisoblanadi. Belgilangan muddatlardan keyin ziyoratchilar muqaddas hududlarni tark etishi shart.

Har yili Makka va Madina shaharlariga millionlab musulmonlar tashrif buyuradi. Haj mavsumi yaqinlashgani sabab hukumat muqaddas shaharlarni tayyorlash maqsadida Umra ziyoratini vaqtincha cheklaydi.

Ma’lum qilinishicha, Haj mavsumi yakunlangach, taxminan 2026 yil 11 iyun atrofida Umra ziyorati yana tiklanishi kutilmogda.

    Boshqa yangiliklar