AsosiyJamiyat

Samaradan Urganchga toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyiladi

Ilk parvoz 3 aprel kuni amalga oshiriladi.

'Samaradan Urganchga toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

Rossiyaning "Red Wings Airlines" aviakompaniyasi 3-apreldan boshlab Samara — Urganch yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, parvozlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.

Samara shahridan uchish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 23:40 etib belgilangan bo‘lib, parvoz davomiyligi 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Qatnovlar Rossiyada ishlab chiqarilgan SSJ-100 rusumidagi samolyotlarda bajariladi.

Ma’lum qilinishicha, Urganch Red Wingsning Samaradan O‘zbekistonga yo‘lga qo‘yilgan uchinchi yo‘nalishiga aylanadi. Aviakompaniya 2023-yildan buyon Samaradan Toshkentga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda, Buxoroga esa Yekaterinburg orqali qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

    Boshqa yangiliklar