Joriy yilning 21 fevral kuni Toshkent shahrida 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:35 larda Yakkasaroy tumani Nukus-Glinka chorrahasida 1988 yilda tug‘ilgan T.B. boshqaruvidagi Cobalt, 1989 yilda tug‘ilgan Y.U. boshqaruvidagi Nexia-3 va 2007 yilda tug‘ilgan A.O. boshqaruvidagi Gentra avtomashinalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Gentra transport vositasi haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
YTHning kelib chiqishi sababi: Gentra rusumli transport vositasi haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 rusumli transport vositasi bilan YTH sodir etib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi tomonda turgan Cobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIB YXHB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.






