AsosiyDunyo

Трамп қароргоҳига бостириб киришга уринган 20 ёшли шахс отиб ўлдирилди

AQSH Maxfiy xizmati Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohi hududiga qurolga o'xshash buyum bilan kirishga urinagan erkakni otib o'ldirdi.

'Трамп қароргоҳига бостириб киришга уринган 20 ёшли шахс отиб ўлдирилди'ning rasmi

Hodisa 22 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Maxfiy xizmat ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli erkak qarorgohning shimoliy darvozasi yaqinida miltiqqa o‘xshash buyum va yoqilg‘i bilan aniqlandan.

Agentlar avval u bilan muzokara qilishga uringan, biroq vaziyat keskinlashib, unga qarata o‘q uzilgan.

Voqea vaqtida Donald Trump qarorgohda bo‘lmagan, u Vashingtonda bo‘lgan. Hodisa oqibatida huquq-tartibot xodimlari jabrlanmagan.

Mar-a-Lago Trumpning asosiy qarorgohlaridan biri bo‘lib, u yerda ko‘pincha siyosiy uchrashuvlar ham o‘tkaziladi. Bu mazkur hududga noqonuniy kirishga birinchi urinish emas.

    Boshqa yangiliklar