AsosiyJamiyat

Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi

Osmonda bir vaqtning o'zida 6 ta sayyora saf tortadi, ulardan 4 tasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.

'Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi'ning rasmi

Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xabariga ko‘ra, 28 fevral kuni Quyosh tizimidagi Merkuriy, Venera, Neptun, Saturn, Uran va Yupiter ishtirokida sayyoralar paradi sodir bo‘ladi. Ushbu noyob astronomik hodisani Quyosh botganidan keyin O‘zbekistonning barcha hududidan kuzatish mumkin.

Qayd etilishicha, sayyoralardan Merkuriy, Venera, Saturn va Yupiterni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Neptun va Uranni esa juda xira bo‘lgani sababli faqat teleskop yoki binokl orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Mutaxassislar sayyoralarni yaxshiroq ko‘rish uchun g‘arbiy ufq qismi ochiq bo‘lgan joyni tanlashni tavsiya qildi. Shuningdek, olimlar sayyoralar paradi astronomik hodisa bo‘lib, uni inson taqdiri bilan bog‘lash ilmiy asosga ega emasligini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar