Suhbatlar davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy hamdardligi yetkazildi.
Vazir dastlab Muhammad bin Abdulrahman bin Jassim Al Thani, shuningdek Abdulla bin Zayed Al Nahyan, Sheyx Jarrah Al-Sabah, Badr bin Hamad Al Busaidi, Ayman Safadi, Abdullatif bin Rashid Al Zayani hamda Jayhun Bayramov bilan mulogot qildi.
Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, kuch ishlatmaslik hamanda nizolarni diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligini ta’kidladi.
Avvalroq Qatar havo hududi yopilishi sabab 48 nafar o‘zbekistonlik Dohada qolib ketgani xabar qilingandi. O‘zbekiston elchixonasi ularni vaqtincha joylashtirib, reyslar tiklangach, vatanga qaytarish chorakorini ko‘rmoqda.
28 fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eron hududiga zarbalar berilgani ortidan vaziyat keskinlashgan. Keyinchalik Eron ham javob hujumlarini boshlagani ma’lum qilingan. Hududdagi qator davlatlar havo hududini yopib, aviatashuvlarni cheklagan.






