AsosiyJamiyat

Andijonda qimmatbaho metalllar noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Tezkor tadbirda Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan oltin buyumlar hamda sotuvga qo‘yilgan platina metalli bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.

'Andijonda qimmatbaho metalllar noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qimmatbaho metalllar noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs bir nechta tashmachilar yordamida “Do‘stlik” xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti orqali bojxona nazoratini chetlab o‘tib, Qirg‘izistondan olib kelingan qiymati 17 ming AQSh dollariga teng 162 gramm oltin buyumlarni qabul qilib olgan.

U Andijon tomonga harakatlanayotgan vaqtida Xo‘jaobod tumanidagi YPX maskanida ushlangan.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan surishtiruvlarda Qo‘qon shahrida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro 908 gramm platina metallini sotish uchun xaridor izlayotgani aniqlandi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs qimmatbaho metallni shartli xaridorga 62 950 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda o‘pirilgan tunnel yo‘li vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:36

    Toshkentda o‘pirilgan tunnel yo‘li vaqtincha yopildi

    Temur Malik ko‘chasining bir qismi texnik ishlar sabab barcha transport vositalari uchun vaqtincha yopildi.

    'O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:30

    O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash kuchaytiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga kiberjinoyatlar hamda axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdim etildi.

    'Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:11

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

    Истанбулнинг Кадикўй туманида ўғрилик учун уйга кирган озарбайжонлик шахслардан бири ўзбекистонлик аёлга жинсий зўравонлик қилган.

    '8 ta davlat Isroilning Al-Aqsoda juma namoziga qo'ygan cheklovini qoraladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:01

    8 ta davlat Isroilning Al-Aqsoda juma namoziga qo'ygan cheklovini qoraladi

    Turkiya, Misr, Iordaniya va yana qator musulmon davlatlari Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirish cheklovlarini keskin tanqid qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:07

    'Toshkentda tunnel yo‘li o‘pirilib tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:59

    Toshkentda tunnel yo‘li o‘pirilib tushdi

    Hodisa Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan yangi tunelda yuz berdi.