AsosiyDunyo

AQSh Venesueladagi tadqiqot reaktoridan boyitilgan uranni olib chiqdi

Bu haqda The Guardian nashri AQSh Energetika vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

'AQSh Venesueladagi tadqiqot reaktoridan boyitilgan uranni olib chiqdi'ning rasmi

AQSh Venesueladagi eski tadqiqot reaktorida saqlangan barcha boyitilgan uranni mamlakat hududidan olib chiqib ketdi. Bu haqda The Guardian nashri AQSh Energetika vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, gap 13,5 kilogramm boyitilgan uran haqida ketmoqda. Operatsiya Venesuela va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. AQSh Energetika vazirligi ushbu jarayonni "Amerika, Venesuela va butun dunyo uchun gʻalaba" deb atadi.

Xalqaro atom energiyasi agentligi maʼlum qilishicha, uran "murakkab va oʻta sezgir operatsiya" doirasida Janubiy Amerikadan Shimoliy Amerikaga quruqlik va dengiz orqali xavfsiz tarzda tashilgan.

Material Venesuela poytaxti Karakasdan taxminan 15 kilometr uzoqlikdagi obyektdan olib chiqilgan. Keyinchalik u AQShning Janubiy Karolina shtatidagi majmuaga yetkazilgan.

AQSh vazirligi bayonotida operatsiya Prezident Donald Trampning qatʼiy yetakchiligi tufayli amalga oshgani ham taʼkidlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Ukrainaga qarshi urush “yakuniga yetib borayotgani”ni aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:55

    Putin Ukrainaga qarshi urush “yakuniga yetib borayotgani”ni aytdi

    Agar uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishilsa, u Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan uchinchi davlat hududida uchrashishga tayyor ekanini bildirdi.

    'Isroilning Livan janubiga zarbasi yetti kishining umriga zomin bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2026 17:38

    Isroilning Livan janubiga zarbasi yetti kishining umriga zomin bo‘ldi

    Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi to‘qnashuvlar AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan aprel oyida e’lon qilingan sulh kelishuvidan keyin ham davom etmoqda.

    'Putin qisqartirilgan G‘alaba paradida NATOni qoraladi'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2026 16:18

    Putin qisqartirilgan G‘alaba paradida NATOni qoraladi

    Uning aytishicha, Rossiya NATO tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “tajovuzkor kuch”ga qarshi kurashmoqda.

    'Eron AQSH blokadasiga uzoq vaqt bardosh berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2026 15:39

    Eron AQSH blokadasiga uzoq vaqt bardosh berishi mumkin

    The Independent nashri AQSh razvedka ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, Eron ehtimol AQSh tomonidan dengiz blokadasiga bir necha oy davomida qarshi tura oladi.

    'Ilon Mask Fransiyada jinoiy ayblov ostida qolishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2026 09:27

    Ilon Mask Fransiyada jinoiy ayblov ostida qolishi mumkin

    Frantsiya hukumati Ilon Mask va X platformasiga nisbatan jinoiy tergovni kuchaytirdi.

    'Italiya Hormuz bo‘g‘oziga o‘z harbiy kemalarini yuboradi'ning rasmi

    Dunyo 09.05.2026 05:03

    Italiya Hormuz bo‘g‘oziga o‘z harbiy kemalarini yuboradi

    Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan Rimda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.