1

Yangi yil oqshomiga bayramona taomlar

SUG'DIYONA 29.12.2016, 14:20
Teglar: Taom, SUGDIYONA, Yangi yil
Yangi yil oqshomiga bayramona taomlar

«Shodiyona» ruleti

Yangicha o`rama, yangicha ta`m!

Zarur masalliqlar: 400 gr tovuq go`shti (2 ta katta bo`lak, suyaksiz go`sht), 75 gr. pishloq, yarim stakandan qaymoq va suv yoki sho`rva, 1 bosh piyoz, 5 osh qoshiq o`simlik yog`i, 4 osh qoshiq non tolqoni, tuz, qora murch, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz,.

Tayyorlanishi: 1. Piyoz va qo`ziqorinni maydalab to`g`rab, 2 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Olovdan olgach, tuz, murch va ta`bga ko`ra maydalangan sarimsoqpiyoz qo`shing.

2. Tovuq go`shtini sellofanga o`rang-da, bolg`acha bilan uring. So`ngra sellofadan olib, qovurilgan sabzavotlarni soling. Endi qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq sepib, rulet shaklida o`rang-da, ip bilan bog`lang.

3. Ruletlarni avval ko`pirtirilgan tuxumga botirib olib, keyin non tolqoniga belang.

4. Qizdirilgan o`simlik yog`ida ruletlarning ikki tomonini ham qizartirib qovuring. Qaymoqqa suv yoki sho`rvadan solib aralashtiring, ta`miga ko`ra tuzlab, ichiga qovurilgan tovuq go`shtini joylang-da, 30 daqiqa past olovda qopqog`ini yopib, dimlang.

55 daqiqa

4 kishilik

 

«Mehmonjonlar» taomi

Zar qog`ozga o`ralgan sovg`a!

Zarur masalliqlar: 1 ta tovuq go`shti (suyaksiz, asosiy qismi), 1 choy qoshiq xantal, 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, qalampir, karri, limon, timyan o`simligi, 1 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, qora murch; garnir uchun: sabzavotlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtining terisini shilib, bir-ikki joyiga kesalab pichoq sanching. O`simlik yog`i va timyan o`simligidan surting.

2. Endi xantal surtib, kesilgan joylariga sarimsoqpiyoz bo`laklarini joylaysiz.

3. Kattaroq zar qog`ozni gaz patnisi ustiga yoying. Sabzi, bulg`or qalampiri, piyozdan engilgina garnir tayyorlab, zar qog`ozga soling. Ustidan tuz, murch seping.

4. Tovuq go`shtini sabzavotli garnir ustiga qo`yib, karri, qalampir seping-da, limon bo`laklarini joylang. Zar qog`ozni yaxshilab yoping, faqat tovuq go`shtiga yopishtirib o`ramang. 200 darajada qizdirilagn gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying. So`ngra zar qog`ozni ochib, yana 5-6 daqiqa gaz pechida qoldiring.

4 kishilik

1 soat

 

«Chupa-chups»

Shirinlik emas, to`yimli egulik!

Zarur masalliqlar: 300 gr. go`sht qiymasi, 1 dona tuxum sarig`i, 3 osh qoshiq non tolqoni, 1 bosh piyoz, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, qizdirilgan o`simlik yog`i, kashnich, tuz, ziravorlar.

Tayyorlanishi: 1. Go`sht qiymasiga tuxum sarig`ini qo`shib, yaxshilab aralashtiring.

2. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang-da, qiyma bilan aralashtiring. So`ngra barcha ziravorlar va tuzni qo`shing.

3. Qiymadan kichik «sharcha»lar yasab, chupa-chups tayoqchalariga qistiring. So`ngra non tolqoniga belab oling. 

4. «Chupa-chups»larimizni qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling-da, keyin qog`oz sochiqchalarga qo`yib, ortiqcha yog`ini shimdiring. Dasturxonga shivit bilan bezab torting.

50 daqiqa

6 kishilik

 

«Suv parisi»

Baliq go`shtidan taom tayyorlashni unutmang!

Zarur masalliqlar: 1,5 kg. baliq go`shti, yarim bosh piyoz, yarimta limon, yarim bog` shivit, zaytun yog`i, 1 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xantal, qizil piyoz va ko`kpiyoz, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Tozalangan baliq go`shtini yaxshilab yuvib, qog`oz sochiqcha bilan arting-da, tuz seping.

2. Piyozni yarim halqa shaklida to`g`rab, maydalangan shivit bilan aralashtiring.

3. Piyoz va shivitni baliq ichiga soling. Baliq go`shti ustini pichoq bilan kesib, limon bo`laklarini joylang.

4. Endi baliq go`shtini zaytun yog`i solingan qolipga joylang. Murch seping. Smetana, tuz va xantalni aralashtirib, baliq go`shti ustiga surting. Qolipni zar qog`oz bilan yopib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying. Belgilangan muddat o`tgach, zar qog`ozni ochib, yana 15 daqiqa gaz pechbda qoldiring. Dasturxona qizil piyoz va ko`kpiyoz bilan bezatib torting.

1 soat

4 kishilik

 

«Yangi yil oqshomi»

Soat millari 00:00ga bong urganda!

Zarur masalliqlar: 1 kilogrammdan qo`y qovurg`asi va kartoshka, 1 bosh sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, rozmarin, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Qo`y qovurg`asi bo`laklariga tuz, murch seping. Rozmarin va maydalangan sarimosoqpiyozni ham aralashtirib, zaytun yog`ini qo`shing-da, yarim soat marinadlab qo`ying.

2. Kartoshkani katta bo`laklarga bo`ling. Tuz, murch sepib, ezilgan sarimsoqpiyoz va zaytun yog`i qo`shing.

3. Qalinroq sellofan ichiga qo`y go`shti va kartoshkani soling. Sellofanning ikki tomonini yaxshilab bog`lab, 170-180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqalarga qo`ying. So`ngra sellofanni biroz joyini ochib, to go`sht usti yaxshilab qizarguncha qoldiring.

2 soat

6 kishilik

 

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1