1

Sehrli bayramning 10 sirli oni

SUG'DIYONA 29.12.2016, 16:14
Teglar: Oila, SUGDIYONA, Yangi yil
Sehrli bayramning 10 sirli oni

Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilanoq ko`nglimiz allanechuk sohir tuyg`ularga to`lib ketadi. Go`yo orzularimiz ushalishi juda-juda yaqindek. Axir haqiqatan ham shunday emasmi?..

Zero, aytishadiku, nimaga ishonsang, shuning amalga oshishi engilroq, deb. Shunday ekan, Yangi yil oldidan shirin orzular qilib, bu yo`lda biroz «jon kuydirsak», nimasi yomon?..

Demak, quyida siz Yangi yil kirib kelishi oldidan bajariladigan ba`zi irimlar bilan tanishib olsangiz bayramingiz qiziqarliroq o`tar.

Soat bonglari ostida:

  1. Aynan soat 24.00 ga bong urganda 12 dona (aynan 12 dona, undan ortiq ham emas, kam ham emas) uzum eng va ichingizda niyat ayting. Agar shu vaqt ichida uzumni eb tugatsangiz, demak, niyatlaringiz amalga oshadi.
  2. Kichik qog`ozga niyatlaringizni yozib qo`ying. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli soniyalar qolganda bu qog`ozni yondiring-da, kulini qadahdagi shampan ustiga soling va uni ichib yuboring.
  3. Yangi yil kirib kelishi avvalidan albatta, uylaringizni obdon yig`ishtiring. Kiyim javonlaringizni ham taxlang va keraksiz narsalarni alohida bir qutiga joylang. So`ng ularni aynan yangi yil kechasi axlatga chiqaring. Aynan shu bilan uyingizdagi bor noxushliklar ham chiqib ketayotgan tasavvur uyg`onadi, sizda. Shu tariqa siz Yangi yilni tozalik va ozodalikdan boshlaysiz.
  4. Agar kirib kelayotgan Yangi yil sizga moliyaviy daromad keltirishini istasangiz, unda archangizni pullar bilan bezang. Agar turmushingiz shirin, totuv bo`lishini istasangiz, archani shirinliklar bilan bezashingiz mumkin.
  5. Yangi yil arafasida kirish eshigiga albatta  yorqinroq o`yinchoqlaru, zar qog`ozlar iling. Bu yil davomida uyingizdan omad arimasligini ta`minlaydi.  
  6. Yangi yil kirib kelgan kuni sodir bo`lajak birinchi yaxshi bir voqeani xotirangizda saqlab, uni kelgsi yaxshiliklar debochasi, deb tasavvur qiling. U xoh sovg`a bo`lsin, xoh do`stlar bilan diydorlashuv, xoh yaxshi bir yangilik bo`lsin, ular sizning yaxshi kunlaringizga muqaddimasi deb biling va ularning barini yaxshiliklar timsoli sifatida xotirangizda saqlang.
  7. Yangi yil kirib kelishidan yarim soat oldin  o`zingizga maktub yozing. Ushbu maktubda kelgusi yili amalga oshirmoqchi bo`lgan ishlaringiz, orzularingiz, rejalaringiz va niyatlaringizni birma-bir yozib chiqing.  Xatni qizil xatjildga solib, muhrlang va kelgusi yilga qadar olib qo`ying.
  8. 12 ta tilagingizni o`n ikkita varaqqa yozib qo`ying va yostig`ingiz ostiga qo`ying. 1 yanvar kuni, uxlab turganingizdan so`ng  varaqlardan birini oling. Unda yozilgan tilak albatta ijobat bo`lgay.
  9. O`zingizga tilagan niyatlarni boshqalarga ham istang. Yaxshi niyat hech qachon faqat ko`ngildagina qolib ketmaydi. U chin dildan bildirilgan bo`lsa, albatta ro`yobga chiqadi. 
  10. Agar kelayotgan yil saxovatli kelishini istasangiz, aynan Yangi yil kuni kuni ko`proq saxovat qiling. Ko`chaga chiqingu, yoningizdan chiqqan kishilarga shirinliklar, yoki mevalar ulashing. Sizning saxovatingiz beiz ketmaydi, albatta.

Albatta, bu amallar sizning tilaklaringizni amalga oshishini ta`minlamaydi. Ammo uning ushalishida sizga ishonch, kuch-g`ayrat berishi tabiiy. Ishonch esa barcha ishlarning debochasidir. Shunday ekan, barini yaxshiliklar ila boshlang. Yangi yilingiz esa qutlug` kelsin!

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1