Sichqon — hamal
Mehnatingiz rohatini ko`rasiz! Ishlaringiz oldinga siljib, martabangiz oshadi.
Sichqon — savr
O`zingizning va oilangizning manfaatlarini ko`zlab ishlashga odatlangansiz. Ammo bu ishlaringizni endi quvonch bilan bajarasiz. Evaziga moliyaviy yutuqlarga erishasiz.
Sichqon — javzo
Yaqinlaringiz sizning madadingiz va maslahatingizga muhtoj. Ularning iltimoslarini erda qoldirmang, hatto, bu ishingizga xalaqit bergan taqdirda ham. Tez orada butun oilangizga foyda keltiradigan taklif tushadi.
Sichqon — saraton
Fitna, g`iybat va yolg`onga duch kelasiz. O`zingizga bog`liq bo`lmagan vaziyatlar tufayli ularga aralashib qolasiz. Agar shu gap-so`zlar iskanjasidan chiqib ketolsangiz, yangi yil omadli bo`ladi.
Sichqon — asad
Kuch-g`ayratingiz oshib-toshadi. Ichki ovozingizga ishoning. Raqiblaringizning qopqoniga tushmaslik uchun yangi tanishlaringizga bor siringizni gullab qo`ymasangiz bo`lgani.
Sichqon — sunbula
Ko`p sayohat qilasiz. Yangi taasurotlar, tajriba va tanishlar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Qolaversa, kuchga to`lib, yangi g`alabalarni qo`lga kiritasiz.
Sichqon — mezon
Eski aloqalarni tiklang. Yaqinlaringiga tayansangiz, maqsadlaringizga erishasiz. Turmushga chiqmagan bo`lsangiz, yilning o`rtalarida ajoyib inson bilan tanishasiz.
Sichqon — aqrab
Yil ijod shiori ostida o`tadi. Istaklaringizga quloq tuting, shunda o`zgarishlar sizning foydangizga bo`layotganini ko`rasiz. Fitnes, sport mashg`ulotlariga yoziling.
Sichqon — qavs
O`ysiz xarajatlar tufayli moliyaviy holatingiz achinarli ahvolga kelmasligi uchun byudjetingizni rejalashtiring. Shunda anchagina mablag`ni iqtisod qilib, uni kerakli tomonga yo`naltirasiz.
Sichqon — jadiy
O`zingizni qo`lga olib, sabrli bo`ling. Yaqinlaringizga jahl qilmang, ishda xushmuomalalikni unutmang. Shu qoidalarga amal qilsangiz, bilingki, omad siz tomonda.
Sichqon — dalv
Uyga o`ralashib qolishingiz mumkin. Bu yomon emasku-ya, ammo daromaddan quruq qolasiz-da! Sustlikni yig`ishtirib, oldinga olg`a bosing!
Sichqon — hut
Rahbariyatning e`tiboriga tushish uchun ko`p urinasiz. Oqibatda lavozimingiz oshib, maoshingiz ko`tariladi. Ammo yaqinlaringiz sizning bee`tiborligingizdan ranjishadi, demak, ularga ham diqqatingizni qarating.
Sigir — hamal. Yilning boshida hayotingizni tubdan o`zgartiradigan ajoyib hodisa ro`y beradi. Maqsadni to`g`ri qo`ya bilsangiz, bas. Tanishuvlar, yangiliklar sizni tinch qo`ymaydi. Xullas, har bir kuningiz mo``jizaga boy bo`ladi!
Sigir — savr. Nimalargadir erishasiz. Nimaga erishish esa o`zingizga havola. Katta maoshmi, yangi mashinami, suyukli yormi — istaganingizni tanlang! Kutilmagan o`zgarishlarga ham tayyor turing.
Sigir — javzo. Barcha niyatlaringizga erishib, oldingizga yangi maqsadlar qo`yasiz. Ammo juda ko`p ter to`kishingizga to`g`ri keladi. G`alaba quvonchini, albatta, tuyasiz.
Sigir — saraton. Haqiqiy baxt nasib qiladi. O`tgan yillardagi noxushliklar bo`y ko`rsatishi mumkin, ammo ularni sabr bilan engasiz. Nihoyat, o`z ishingizni ochasiz. Bu borada sizga yordam berganlarni siylashni unutmang.
Sigir — asad. Sog`ligingiz pand bersa, g`alabani xayol ham qilmang. Shu bois salomatligingiz haqida ko`proq qayg`uring. Agar zararli odatlaringiz bo`lsa, ularni tashlang, sport bilan shug`ullaning, to`g`ri taomlaning.
Sigir — sunbula. Yangi 2017 yil boshlanishi arafasida 12 oy uchun mo`ljallangan aniq reja tuzib, shunga to`liq amal qiling. Shunda barcha niyatlaringizga oson erishasiz. Ketdik!
Sigir — mezon. Do`stona munosabatlar va sermulozamatliligingiz biznesda xalaqit berishi mumkin. Biror narsaga ahd qilishdan avval yaxshilab mulohaza qiling. Hech buo`lmasa, haftada bir kungina dam oling.
Sigir — aqrab. Sekin harakat qilishingizga qaramay, ishlaringiz vaqtida bitaveradi. Negaki mulohazakorlikda ham gap ko`p. Oilaviy masalalarni ham ishonch va xotirjamlik bilan hal qilishga erishasiz.
Sigir — qavs. Omad atrofingizda aylanib yurganiga qaramay, tinimsiz mehnat qilishingizga to`g`ri keladi. G`ayratingiz va ijodkorligingizni namoyon qiling. Yilning oxirida natijasi sizni quvontiradi.
Sigir — jadiy. Baxtlilar ro`yxatining boshidasiz. Hammasi ichki sezgingiz tufayli. Ichki ovozingizga ishonib anchadan beri orzu qilgan maqsadlaringizga erishasiz. Tavakkal qilib, g`alaba qozonavering.
Sigir — dalv. Sal tezroq harakat qilishni o`rganing. Kamroq xafa bo`lib, ko`proq ish qiling. Taqdir sizga jo`natayotgan belgilarga ahamiyat bersangiz, xato qilmaysiz. Juftingizni uchratishingiz ehtimoli katta.
Sigir — hut. Yil hayajonlarga to`la bo`ladi. Voqelar rivojining shiddatliligi bois vaqtning qanday o`tib ketganini sezmay qolasiz. His-tuyg`ularga berilmang. Yaqinlaringiz va do`stlaringizni unutmang.
Yo`lbars — hamal. Lavozimingiz oshadi, ammo siz kutgan tarzda emas. Ish faoliyatingizni yoki yarasha joyingizni o`zgartirishga to`g`ri keladi. Qaror chiqarishdan avval maslahatlashing. Jahldorlikni yig`ishtiring, aks holda u aks-sado bo`lib o`zingizga qaytadi.
Yo`lbars — savr. Hadeb tavakkalchilik qilavermay, kelajak haqida o`ylang. O`ylamay bosilgan qadam yirik moliyaviy muammolarga olib kelishi mumkin. Obro`ngiz tushgani qoladi. Sizga to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi do`st kerak.
Yo`lbars — javzo. Muammolarsiz yashashni istasangiz, g`iybatlarga qo`shilmay, o`z ishingizni qiling. Hech kimga ishonmang! Yaqin tanishingiz pand berishi mumkin.
Yo`lbars — saraton. Kayfiyatingiz hamisha chog` bo`lgani bois mayda omadsizliklarga ahamiyat bermay maqsad sari intilaverasiz. Yo`lingizga faqat o`yin-kulgu to`siq bo`lishi mumkin.
Yo`lbars — asad. Qiziqarli sayohatlar kutmoqda sizni. Bu ish safarlari ham, ta`til sarguzashtlari ham bo`lishi mumkin. Mehnatkashligingiz bois hamkasblaringiz orasida obro` topasiz.
Yo`lbars — sunbula. Agar anchadan beri ish joyingizni o`zgartirish haqida o`ylab yurgan bo`lsangiz, yangi yilda buni bemalol amalga oshirishingiz mumkin. Charchoq va tushkunlikning birinchi alomatlarini sezishingiz zahoti, ishlarni chetga surib dam oling.
Yo`lbars — mezon. Qarama-qarshi jins vakillarining e`tiborini his qilasiz. Bu o`zingizga ishonchingizni orttiradi. Moliyaviy tomondan muammo kuzatilmasa-da, kerakmas xarajatlarni qisqartiring. Shu yil zo`r homiy topasiz.
Yo`lbars — aqrab. Yangi yil bayramini nishonlang-u, ishga kirishavering. Xizmat safarlari samarali bo`ladi. Oilangizda boshqaruvni turmush o`rtog`ingizga topshiravering — bunga vaqtingiz ham, imkoniyatingiz ham yo`q.
Yo`lbars — qavs. Xobbingizni tashlamang. Mana shu sizga katta daromad olib kelishi mumkin. Qo`shimcha daromad sira xalaqit bermaydi, shunday emasmi?
Yo`lbars — jadiy. Xafagarchiliklarni unutib, eski qadrdonlar bilan aloqalarni tiklang. hatongizni tan olish qiyin, lekin yarashgandan keyingi hissiyotlarni so`z bilan izhor etish yanada mushkul.
Yo`lbars — dalv. O`tgan yilgi charchoqlarni chiqarish uchun yilni dam olishdan boshlang. Istaklaringizga qarshi chiqmang. Topish-tutishingiz chakki bo`lmaydi, demak, sayohatga otlanish mumkin.
Yo`lbars — hut. Tez qaror chiqarmang, berilgan savolga darrov javob qaytarmang, yangi tanishlarga ishonmang. Yaxshi ot keyin chopishini unutmang. G`oliblik nashidasini xali ko`p surasiz.
Quyon — hamal. Moliyaviy barqarorlik sizni kutmoqda. Qish oylaridan boshlab ish samaradorligini oshirish yo`llarini ko`ring.
Quyon — savr. Hayotingizda ilk bora ish bilan suyuklingiz o`rtasida bo`linish nimaligini his etasiz. Ikkalasi ham birdek e`tibor talab qiladi. Ikkoviga ham birdek ahamiyat berishga ulugrishingiz shart. Murosa qilsangiz bo`ldi.
Quyon — javzo. Rejalaringiz katta. Ularni amalga oshirgani kuch ham, mablag` ham topasiz. Katta o`zgarishlardan keyin hayotdan qoniqish his qilasiz.
Quyon — saraton. Yil qiziqarli voqealarga boy bo`ladi. Sizdan mardlik, kuch va aql talab etiladi. Qarorlaringiz o`zingizga va atrofingizdagilarga zarar etkazmasligi kerak. O`zgarishlardan cho`chimang.
Quyon — asad. Yil boshida ehtiyotkor bo`ling. Arzimas foyda uchun oilangiz sha`ni, qadr-qimmatingizni to`kmang. Moliyaviy holatingiz o`nglanadi.
Quyon — sunbula. Yarashishingizga umid ham qilmagan kishingiz bilan kelishib, o`zaro hamkorlikda ish boshlaysiz va bu foyda ketiradi. O`zgarishlan ro`y berishi kutilmoqda: to`y, farzand tug`ilishi yoki yangi tanishuv.
Quyon — mezon. Oila a`zolaringizdan o`zingizni olib qochmang. Ularga yordam berishingiz bilan o`zingizning ishlaringiz ham baroridan kela boshlaydi.
Quyon — aqrab. Qayta tiklanish davri boshlanadi. Avvalari rioya qilgan qoidalaringiz puchga chiqadi. Ular bilan tezroq xayrlashing. O`zingiz uchun muhim narsalar ro`yxatini tuzing.
Quyon — qavs. Hammaga kerak bo`lib qolasiz. Hamkasblaringiz va rahbarlar sizga maslahat solishadi, bilim va malakangiz bilan o`rtoqlashishingizni so`rashadi. Iltimoslarni rad etmasangiz, cho`ntagingizga foyda bo`ladi.
Quyon — jadiy. Qalbingizda xotirjamlitk hukm surgandagina hayotingiz mazmumnini anglaysiz. Tinchlanib, fikrlaringizni bir erga yig`ing. Faylasuflarning asarlarini o`qing, yoga mashg`ulotlariga yoziling, o`zingizni seving.
Quyon — dalv. Boqi-beg`amlik nimasi? Tanishuvlar, ish o`rningizning almashinuvi, yangi romantik uchrashuv. Tez qarorlar qabul qilishingizga to`g`ri keladi. Hammasi o`z izmi bilan.
Quyon — hut. Ijodga sho`ng`ib ketasiz. Ilhom parilari bilan maza qilish davri keldi. O`z ustingizdan ishlashdan charchamasangiz bo`lgani.
Baliq — hamal. Fe`lingiz tez bo`lishiga qaramay, shashtingizni biroz tushirganingiz ma`qul. Baqir-chaqir yo o`dag`aylash bilan ish bitmaydi. Aks hola omadingizni qochirib yuborasiz.
Baliq — savr. Yaqinlaringiz, hamkasblaringizning manfaatlarini yodingizdan chiqarmang. Axir qiyin paytingizda ular sizga yordamga keladilar. Xudbinlikni yig`ishtirsangiz, foyda ko`rasiz.
Baliq — javzo. Atrofdagi voqea-hodisalarga diqqatli bo`ling. Muammolarni o`z vaqtida hal qiling. Har bir qaroringiz foyda olib kelishi kerakligini unutmang.
Baliq — saraton. Ishda ham, oilada ham ishlaringiz «besh!» Muhimi, kuchingizni to`g`ri taqsimlasangiz bo`lgani. O`rtaliqni tanlang. Karerani ham, ro`zg`or yumushlarini bir maromda olib boring.
Baliq — asad. Hurmat qozonasiz, mashhur bo`lib ketasiz. Atrofingizga faqat iqtidorli odamlarni yig`ishga muyassar bo`lasiz. Boshqaruvchilikda sizdan o`tadigani bo`lmaydi. Kayfiyatingizni ko`taradigan odamlar bilan muloqot qiling, shunda tog`ni tolqon qilasiz.
Baliq — sunbula. Mayda-chuyda ishlarga chalg`imay, yaxshi daromad keltiradigan ishga kuchingizni sarflang. Ishonchsiz bitimlarga qayrilib ham qaramang.
Baliq — mezon. Yangi hunar egasi bo`lasiz, do`stlar orttirasiz. Qaror qabul qilishda aqlingizga suyaning. Ikkilansangiz yaqinlaringizdan yordam so`rang.
Baliq — aqrab. Dam olishni kechiktirmay, bahordayoq ta`tilga chiqing. Ro`zg`or ishlariga o`ralashib qolmang. Sog`ligingizni tiklash va tinchlanib olishingiz shart.
Baliq — qavs. Sobitqadamlik, ishchanlik, qunt sizni tark etmasa, barcha sohalarda muvaffaqiyat qozonasiz: pul, sog`liq, bo`lajak juftingiz bilan tanishuv. Turmush qurganlarning hayoti osuda kechadi.
Baliq — jadiy. Omadni ohangrabodek o`zingizga tortasiz. Shukr qilsangiz, yutasiz. O`yin-kulgu, sovg`alar va quvonchli onlar kutmoqda sizni.
Baliq — dalv. Atrofingizdagi insonlarni qadrlang. Turmushga qurgan-qurmaganingizdan qat`i nazar, ulardan vaqtingizni ham, pulingizni ham ayamang.
Baliq — hut. Uyatchanlik va andisha ijodkorlar uchun ko`p ham xos emas. Sizning esa ijod qilish pallangiz keldi. Nooddatiylikka urg`u bering.
Ilon — hamal. 2017 yili moliviy jihatdan va sevgi borasida omadingiz chopadi. Sog`-salomat bo`lasiz. Voqea-hodisalarning ro`y berishini avvaldan sezishingizga o`zingiz ham qoyil qolasiz.
Ilon — savr. O`zingizning eng yaxshi taraflaringizni kashf etasiz. Iqtidoringiz namoyon bo`lib, hayotda o`z o`rningizni egallaysiz. Topish-tutishingiz ham o`nglanadi.
Ilon — javzo. Turmush qurmaganlar turmush quradi. Oilalilar uy-joylarini o`nglab oladilar. O`zgarishlarga tayyor tursangiz kifoya.
Ilon — saraton. Aqlu farosatingizga tasannolar aytib, hamma sizdan maslahatlar olishga oshiqadi. Faqat kerilib ketmang. Ishsiz yoki ish qidirayotgan bo`lsangiz, orzungizdagi ishni topasiz.
Ilon — asad. Yaqinlaringizga, oila a`zolaringizga intiling. Ular taqdiringizda muhim rol o`ynaydi, hatto moliyaviy yordam ham berishlari mumkin. Xotirjamlik sizni chulg`aydi.
Ilon — sunbula. Sevgi keldi! Agar sevganingizning tuyg`ularidan ko`ra sizniki kuchliroq bo`lsa, xafa bo`lmang. Vaqti kelib, u ham siz deb yonadi-kuyadi. Hayotiy prinsiplaringizni, taomlanish va xulqingizni o`zgartirsangiz, ajab emas.
Ilon — mezon. O`tgan yilini kimnidir xafa qilgan bo`lsangiz, albatta, kechirim so`rang. Xatoni tan olish bilan omad uchun yo`l ochasiz. Mansabingiz ko`tarilishiga bir bahya qoldi.
Ilon — aqrab. Hamkasblaringiz, do`stlaringiz va oila a`zolaringiz bilan tez-tez kelishmovchiliklar yuz bermasligi uchun tilingizga ehtiyot bo`ling. Darrov yarashish yo`llarini izlang.
Ilon — qavs. O`zingizni nazorat qiling. Aks holda ayriliq, uzilish ro`y beradi. Xatolaringizni tan oling, ularni tahlil qilib, takrorlamaslik yo`llarini izlang.
Ilon — jadiy. O`zingizni ham unutib, boshqalarga yoqishga harakat qilasiz. Ba`zan o`zingizga ham oro berib turing. Shunda quvonch sizni tark etmaydi.
Ilon — dalv. Nihoyat ishlaringizni yakunlab, yangi rejalar tuzishga muvaffaq bo`lasiz. Anchadan beri amalga oshmayotgan ishlaringizdan ham daromad olishga muvaffaq bo`lasiz.
Ilon — hut. Agar o`tgan yili yo`qotishlar bo`lgan bo`lsa, ularning o`rni to`ldiriladi. Shunday narsalarga erishasizki, yo`qotganlaringiz arzimasdek tuyulib qoladi. Uy xarid qilishingiz kutilmoqda.
Ot — hamal. Moliyaviy barqarorlik tirishqoqligingizga bog`liq. Har bir ishga g`ayrat bilan kirishsangiz, yarim yil o`tmayoq maqsadingizga erishasiz. Ehtimol sayohatga chiqarsiz...
Ot — savr. Qaddingizni egib turgan yukdan qutulasiz. Birgina qaroringiz taqdiringizni o`zgartirib yuborishi mumkin, faqat tavakkal qilishdan cho`chimang. Yoringiz bilan yo`llaringiz ayro tushsa, do`stona munosabatni saqlab qoling.
Ot — javzo. Ehtimol, muhabbat va karera borasida barqarorlik saqlanib qolar, biroq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelasiz. Ayniqsa, qarz oldi-berdisida sergaklikni yo`qotmang.
Ot — saraton. 2016 yilda sizni o`ylantirgan pul bilan bog`liq muammolar chekina boshlaydi. Faqat bor-budingizni mashina, uy yoki sayohatga sarflashga shoshilmang. Reja bilan ish ko`ring.
Ot — asad. 2017 yil hordiq olish uchun eng qulay palla. Shunday ekan, yangi xobbi toping. Masalan, rasm chizish yoki raqs tushishni o`rganing. Natijada yangi qirralaringizni kashf etasiz.
Ot — sunbula. Qizil tovuq yili «sunbula»lar uchun oila yiliga aylanadi. Agar farzand ko`rish niyatingiz bo`lsa, 2017 yilda tug`ilgan chaqaloqlar oilani mustahkamlashini inobatga olib qo`ying.
Ot — mezon. Yil boshidanoq reja tuzib oling. Shunda yil o`rtasida maqsadingizga erishasiz. Oila qurishni niyat qilgan «mezon»lar yilning oxirgi choragida harakatni boshlaganlari afzal. Chunki aynan shu paytda o`rnatilgan rishtalar mustahkam bo`ladi.
Ot — aqrab. Faqat mustaqil va o`z kuchiga ishonuvchi «aqrab»largagina baxt yor bo`ladi. Balkim ikkinchi mutaxassislikka o`qish yoki malaka oshirish haqida o`ylab ko`rishning vaqti etgandir?
Ot — qavs. Engil-elpi hayot kechirish odatingizdan voz kechib, munosabatlarga jiddiy qarang. Bu yil «muxlis»laringiz soni ortsa ortadiki, aslo kamaymaydi. Ulardan eng munosiblarini muloqot doirangizga kiriting.
Ot — jadiy. Yilning o`rtasiga kelib hayotingizni o`zgartirish istagi uyg`onishi mumkin. Balki ishonmassiz, lekin o`zgarishlar sizga faqat ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Ot — dalv. Omad tark etishini istamasangiz, odatlaringizni o`zgartirmang. Atrofdagilardan qochmay, ochiq chehra bilan muomala qilsangiz, hurmat-e`tiborga sazovor bo`lasiz.
Ot — hut. Aqlli boshingizga kelgan har bir fikrni yozib qo`yishga odatlaning. Axir daromaddan quruq qolishni istamaysiz-ku, to`g`rimi?
Qo`y — hamal. Bari oltinchi sezgingizga bog`liq. U qay yo`lni tanlashingizni ko`rsatadi. Hayotingizda kutilayotgan eng katta yangilik esa to`y!
Qo`y — savr. 2017 yilda eng birinchi amalga oshiradigan ishingiz o`zingizni yaxshi ko`rish bo`lsin. Aynan shu tuyg`ugina yo`lingizda uchraydigan sinovlarni engishda asqatadi.
Qo`y — javzo. Taqdiringizni o`zgartirib yuboradigan hodisani o`tkazib yubormaslik uchun ziyraklikni yo`qotmang. Etti o`lchab — bir kesishni o`rgansangiz, qoqilmaysiz.
Qo`y — saraton. Ishlaringiz o`ngidan kelaverganidan omad kalitiga ega chiqqandek his etasiz o`zingizni. Lotoreyadan yutuq chiqishi yoki katta sovg`aga ega bo`lishingizning ehtimoli yuqori. Shunday paytlarda yaqinlaringizni unutib qo`ymang.
Qo`y — asad. Noodatiy voqea-hodisalarning markaziga tushib qolasiz. Ko`mak so`raganlardan yordamingizni ayamasangiz, bahorda katta o`zgarishlar yuz beradi.
Qo`y — sunbula. Ishxonada qat`iyat va sabrni mahkam tutsangiz adashmaysiz. Biroq o`zingizni uruntirib qo`ysangiz, salomatligingiz bezovta qilishi mumkin. Tanangizni zo`riqtirmang.
Qo`y — mezon. Shu yo`sinda davom etsangiz, yilning o`rtalariga kelib lavozimingiz va maoshingiz oshadi. Shuningdek, 2017 yil o`z biznesingizni yo`lga qo`ysangiz, tezda oyoqqa turib olasiz.
Qo`y — aqrab. Kasbingizni o`zgartirishingiz yoki o`zingiz uchun yangi tajriba orttirishni istashingiz mumkin. Mag`lubiyatga uchrash ehtimollari haqida o`ylamang-da, ko`nglingiz tusagan mashg`ulot bilan shug`ullaning.
Qo`y — qavs. Bu yil o`rganishingiz lozim bo`lgan eng asosiy narsa — murosai madora! Qizil tovuq yili siz kutgandek bir tekis o`tmasligi mumkin.
Qo`y — jadiy. Ko`ngil masalalarida hammasi joyida bo`ladi. Muhimi juftingizni xavotirlanishga majbur qilmang. Yaqin kunlarda taqdir sizga ko`maklashadigan insonni ro`baro` qilishi kutilmoqda.
Qo`y — dalv. Bu yil xudbinlik sizga xujum uyushtiradi. Uning tuzog`iga tushmaslik uchun xohish-istaklaringizni jilovlashni o`rganing.
Qo`y — hut. Huda-behudaga xafa bo`ladigan odat chiqarasiz. Shu sabab do`stlaringizning soni kamayadi. Biroq yaqinlaringiz sizni tashlab qo`ymaydi. Siz ham ularni ardoqlang.
Maymun — hamal. Garchi omad ortingizdan ergashib yursa-da, shoshqaloqlik va o`ylamay ish qilish odatlaringiz muammo tug`diradi.
Maymun — savr. Tavakkalga rozi bo`lsangiz, qo`l urgan ishlaringiz o`ngidan keladi. Pishib turgan oshni tagiga oldirib yuborishni istamasangiz, yumushlarni ortga surishni bas qiling.
Maymun — javzo. Yangi bilim va ko`nika orttirishdan qochmasangiz, martabangiz ortadi. Tabiiyki, daromadingiz ham! Muhimi, harakatdan to`xtamaslik.
Maymun — saraton. Yilning boshidanoq o`zgarishlar to`lqini ostida qolasiz. Hatto vaziyat o`nglanmasdek tuyulgan taqdirda ham umidingiz uzmang. Axir inson sinovlarda toblanadi.
Maymun — asad
Qarama-qarshi jins vakillarining e`tibori-yu shirin so`zlardan bezor bo`lasiz. Maza qilib hordiq chiqarishingiz uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keladi. Ulardan unumli foydalaning.
Maymun — sunbula. 2017 yil kutilmagan sovg`alarga boy bo`ladi. Nufuzli lavozimni egallash imkoniyati tug`iladi. Yaxshi insonlar bilan tanishasiz.
Maymun — mezon. Faqat mablag` topish haqida o`ylayvermay dunyoqarashingizni kengaytirishga intiling. Vaqtingizni o`z ustingizda ishlashga sarflang. Shunda katta daromad olish ehtimoli yuzaga keladi.
Maymun — aqrab. Qizil tovuq yilida chinakam erk nimaligini tuyasiz. Sevimli mashg`ulotingiz va nihoyat foyda keltira boshlaydi. Eng muhimi, yaqin kishilaringiz doim yoningizda bo`lishadi.
Maymun — qavs. Odamlardan qochishni bas qiling-da, biroz kirishimli bo`ling. Shunda bu yil hayotingizda kutilmagan o`zgarishlar yuz beradi. O`zingizni sevishni o`rgatadigan insonni uchratasiz.
Maymun — jadiy. O`ylamay qabul qilgan qarorlaringiz tufayli pand eysiz. Yaxshisi, sinalgan insonlar bilan aloqalarni mustahkamlang. Sevgan yoringizning ko`nglini olishga intilsangiz, sayi-harakatlaringiz besamar ketmaydi.
Maymun — dalv. Qiziqarli takliflarni rad etishga shoshilmang. Shunda daromadingiz bir necha barobar ortadi. O`zingizni yoqimli xaridlar bilan xushnud etasiz.
Maymun — hut. Yil davomida sabringiz sinovdan o`tadi. Albatta, mukofoti ham shunga yarasha. Qarorlaringiz oilangiz farovonligiga ta`sir ko`rsatishini yoddan chiqarmang.
Tovuq — hamal. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun eng qulay fursatdan foydalanib qoling. Tavakkal qilishni istamasangiz, daromadingizni ko`paytirishning boshqa usullarini izlang.
Tovuq — savr. O`tgan yili yaxshi mehnat qildingiz, peshana teringiz bilan topganlaringizni behuda sarflamang. Katta pul tikib qaltis ish boshlamaganingiz ma`qul.
Tovuq — javzo. Yilni tinch va xotirjam o`tkazishini istasangiz, g`iybatlarga quloq solmang. Do`stu dushmanni farqlab olsangiz, ig`vogarlarning tuzog`iga tushmaysiz. Mushkul vaziyatlarda qalbingizga quloq tuting.
Tovuq — saraton. Serg`ayrat inson ekaningizni atrofingizdagilar yaxshi bilishadi. Biroq ba`zida bu odatingiz pand beradi. Har bir ishda me`yor borligini unutmasangiz bo`lgani.
Tovuq — asad. «Asad»lar ishda ham, uyda ham yaqinlarining tavsiyalariga suyanishga odatlanishgan. Yilning birinchi yarmida safarga chiqmaslikka harakat qiling.
Tovuq — sunbula. Ijod qilishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Mansab pillapoyalaridan odimlashingizda ham aynan shu qobiliyatingiz qo`l keladi. O`z ustingizda ishlashdan to`xtamang.
Tovuq — mezon. Yaqinlaringiz qarz so`rashsa, rad etmaganingiz ma`qul. Vaqti-soati etganida ortig`i bilan qaytarishadi. Kuzga borib echimini kutib yotgan muammolar o`z-o`zidan hal bo`ladi.
Tovuq — qavs. Qiziqqonligingiz ishingizni ortga surishi mumikn. Shu odatingizni bartaraf etsangiz, mablag`ingiz ham, do`stlaringiz ham ko`payadi.
Tovuq — jadiy. Sobitqadamligingizga ko`pchilikning havasi keladi. Faqat ish bilan chalg`ib, oilangizga vaqt ajratish esingizdan chiqmasin.
Tovuq — dalv. Asosiy vaqtingizni do`kon aylanish va xaridlarga bag`ishlaysiz. Biroq keraksiz narsalarga pul sarflab qarzga botib qolmang.
Tovuq — hut. «Hut»lar uchun 2017 yil serhasham va quvonchli kechadi. Uyda ham, ishda ham, dam olishda ham hayotning barcha yaxshiliklari siz tomon yo`naltirilgan.
It — hamal. Mana, sizning davringiz keldi. Qo`lingiz tekkan har bir ish gurkirab rivojlanadi. Hech ikkilanmay tavakkal qilavering.
It — savr. Yolg`iz «savr»lar o`z juftlarini topadilar. Moliyaviy ahvolingiz havas qilgulik darajaga etadi.
It — javzo. Muhabbatingiz yoki yaqin do`stingiz yonginangizda-yu, keraksiz mayda-chuydalarga chalg`ib, unga e`tibor bermayapsiz. Shuningdek, qizil tovuq yilida o`z ustingizdan ishlashdan to`xtamang.
It — saraton. 2017 yilda hayotingizni muhabbat boshqaradi. Juftingizga ham, bolalaringizga ham mehringiz toblanadi. Yaqinlaringiz sizdan quvvat olib, katta yutuqlarga erishadilar.
It — asad. Ko`chmas mulk singari katta xaridlarni amalga oshirmaganingiz ma`qul. Shu bilan birga, yulduzlar faqat ishongan insonlaringizga qarz berishni tavsiya etishmoqda.
It — sunbula. Kishilarni ohanrabodek o`zingizga jalb etasiz. Natijada begonalar ham yuz yillik qadrdoningizga aylanadi. Oilali «sunbula»lar turmushning mushtiga uchrashlari mumkin. oqillik bilan bunga chap bering.
It — mezon. Qizil tovuq yili eshik qoqqan kundan boshlab ba`zi do`stlaringiz oqibatsizlik qilishlari mumkin. Bundan tushkunlikka tushmang. Hayotning o`zi saragini sarakka ajratib berayapti, axir.
It — aqrab. Ba`zida atrofingizdagilar sizni tushunmayotgandek, unutib yuborgandek tuyulsa-da, aslida doim qalblarida saqlashadi. Ehtimol o`zingiz tashabbusni qo`lga olarsiz?
It — qavs. Garchi dalillar shaxsiy fikringizga qarshi turgan bo`lsa-da, qarorlaringizni o`zgartirmang. 2017 yilda moliyaviy ahvolingiz o`zgarmaydi. Muammolaringizni esa bosiqlik bilan hal eting.
It — jadiy. Anchadan beri ko`zlab yurgan marralaringizga erishasiz. Yoningizda sinalgan do`stu yoringiz borligi juda qo`l keladi.
It — hut. Xayolingizda «pishitib» yurgan rejalaringizni amalga oshirishni kechiktirmang. Eski yaralaringiz yangilanishi ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizga alohida e`tibor qarating.
To`ng`iz — hamal. Taqdir sizga foydali tanish-bilishlar va katta miqdordagi mablag`ni yo`llamoqchi. Ulardan o`z o`rnida foydalana olsangiz, pichog`ingiz moy ustida bo`ladi.
To`ng`iz — savr. Bu yilda barcha harakatlaringiz oilani mustahkamlashga qaratilishi lozim. Tushunmovchiliklar munosabatlaringizga soya solishiga yo`l qo`ymang.
To`ng`iz — javzo. 2017 yilda ashaddiy dushmaningiz — dimog`dorlikdan xalos bo`lishga harakat qiling. O`zingizni o`zgartirish orqali yanada yangi marralarga erishasiz.
To`ng`iz — saraton. O`tgan yili biroz tanballik qilganingizni tan oling-da, bu yil bor shijoatingiz bilan mehnat qilishga so`z bering. Qarshingizda shunday eshiklar ochilayaptiki, bunaqasini hatto tushingizda ham ko`rmagansiz.
To`ng`iz — asad. 2017 yilning boshi o`yin kulgu va xushkayfiyatda o`tadi. Oxirigacha shu quvnoqlikni saqlab qoling. Yaqin insoningizning ko`ngliga quloq tuting. Bu tushunmovchiliklarni bartaraf etishga ko`maklashadi.
To`ng`iz — sunbula. Diqqatingizni bir yo`nalishga qaratganingizdagina muvaffaqiyatga erishasiz. Yulduzlar biror sport turi bilan shug`ullanishni tavsiya etishmoqda. Shuningdek, foydali taomnoma ham e`tibordan chetda qolmasin.
To`ng`iz — mezon. Yilning ikkinchi yarmida qo`shimcha daromad olishingiz uchun qulay imkoniyat tug`iladi. Bu pullarga qimmatbaho metallardan birini xarid qilsangiz, yanglishmaysiz. Qa`tiyatingizni namoyon etsangiz, ko`pchilikning xurmatiga erishasiz.
To`ng`iz — aqrab. Yil boshida ishxonada kichik muammolar vujudga kelsa-da, ikkinchi yarmida taqdiringizga ta`sir qiluvchi insonni uchratasiz. Agar ishingizni o`zgartirish niyatingiz bo`lsa, hech ikkilanmay birinchi qadamni tashlayvering.
To`ng`iz — qavs. «Qavs»larning asosiy shiori «Boshingga ne ish kelsa, tilingdan bil…» bo`lishi kerak. Agar suyaksiz tinlini jilovlay olsalar, bari yaxshi bo`ladi. Qizil tovuq yili barakali keladi.
To`ng`iz — jadiy. Juftingiz kutilmagan sovg`alar bilan ko`nglingizni ko`taradi. Yilning ikkinchi yarmida salomatligingiz yomonlashishi mumkin. Buning oldini olish uchun sho`r va achchiq eguliklardan voz keching.
To`ng`iz — dalv. Omaddan boshingiz aylanib qolmasa bo`lgani. Faqat amalga oshirolmaydigan va`dalarni berishdan ehtiyot bo`ling.
To`ng`iz — hut. Shaxsiy hayotingizda kutilmagan yangiliklar yuz beradi. Biroq karerangizda chekinish kuzatilishi mumkin.