1

2017 yil uchun burjlar bo`yicha to`liq bashorat

SUG'DIYONA 03.01.2017, 12:05
Teglar: SUGDIYONA, Yangi yil
2017 yil uchun burjlar bo`yicha to`liq bashorat

Inson o`z taqdiriga ta`sir ko`rsatishi mumkin va shart! 2017 yil – tovuq yili. Tovuqning rangi esa qizil emish. Bu davr rang-barangligi, voqea va tassurotlarga boy bo`lishi bilan ajralib turadi. Muhimi, barcha o`zgarishlarga faylasufona oqillik va xotirjamlik bilan yondashishingiz talab etiladi. Ammo shoshish kerak emas, yil tuhfa etajak yorqin takliflardan aynan sizga mosu xosini tanlash lozim. Quyida 2017 yil uchun tuzilgan eng to`liq bashoratni e`tiboringizga havola etamiz. Unda hayotingizning barcha jabhalari – kasbu koringizdan tortib, shaxsiy hayotingizgacha tahlil qilingan. Agar mazkur ma`lumotlardan o`zingiz uchun to`g`ri xulosa chiqara bilsangiz, demak marra sizniki, hatto muammolarni ham o`z foydangizga hal qila olasiz!

HAMAL

«Sinovlardan o`tdingiz, endi hammasi yaxshi bo`ladi...»

O`tib borayotgan yil sizni ko`p narsalarga o`rgatdi. Imtihondan muvaffaqiyatli o`tdingiz. Demak, qilgan mehnatlaringiz mukofotlanadi. Ishni esa zararli odatlarni tashlashdan boshlang. Ularning aksariyatidan o`tayotgan yilda qutulgansiz, endi qolganlaridan ham ozod bo`ling.

2017 yilning boshi «hamal»larga ko`plab imkoniyatlar beradi. Agar turmush qurmagan bo`lsangiz, nikoh rishtalari bilan bog`lanishingiz uchun takliflar ko`payadi. Karera masalasi ham shu. Ammo o`zingizni ish bilan o`ta band qilib ko`rsatavering, bu bilan ularni yanada qiziqtirib qo`yasiz.

Bahorda ham baxtlilar qatoridan chiqmaysiz. Yozning o`rtalariga kelib tovuq sekingina cho`qib qo`yishi mumkin – hamkorlaringiz yoki do`stlaringiz qiliq chiqarishlari ehtimoli bor. Bu sinovdan eson-omon o`tib olasiz. Omadli ekaningizga ishoning va taqdirdan nolimang. Agar xotirjamlikni qo`ldan boy bermasangiz, moliyaviy tomondan yutasiz.

Yozning o`rtalarida oila yoki karera, degan tanlovni amalga oshirishingizga to`g`ri keladi. Vaziyatni yaxshilab taroziga soling. Agar ikkinchisini tanlasangiz, oila a`zolaringizni shunga tayyorlang, uyda kamroq bo`lishingizni yaqinlaringizni moliyaviy jihatdan anchayin qo`llashingiz bilan oqlaysiz. Munosabatlarni mustahkamlash uchun esa oilangiz a`zolari uchun yoddan chiqmaydigan ta`til uyushtiring – avgust sayohat uchun juda qulay. Shunda kuzda  yana o`zingizni butkul ishga bag`ishlaysiz.

Sentyabrda sizning reja va g`oyalaringizga atrofingizdagilar qoyil qolishadi. O`z mehnatingiz natijasining reklamasi bilan shug`ullaning, hatto raqobatchilarni ham bunga jalb qilishingiz mumkin. Oktyabrda to`g`ri yo`ldan ketayotganingizni tushunasiz, ammo muvaffaqiyat boshingizni aylantirib qo`ymasa bo`lgani. O`zingizni tashlab qo`ymasangiz, yilning oxirigacha omad sizdan yuz o`girmaydi.

Muhabbat

Xatolaringizni to`g`rilab, suygan insoningiz bilan  munosabatlarni tiklaysiz.

1-dekada (21.03-30.03) tug`ilgan «hamal» lar uchun hali oila qurish davri kelmadi, ammo oililar farzand ko`rish masalasida o`ylab ko`rishlari mumkin. 2017 yili tug`ilgan bolalar chiroyli va iqtidorli bo`ladilar.

2-dekada (31.03-10.04) «hamal» lari esa birovlarning tuyg`ularini o`yin qilmasliklari kerak, shunchaki qarshi burj vakillarining e`tiboridan bahramand bo`ling.

3-dekada (11.04-20.04) da dunyoga kelgan burj vakillari hayotga bolalarcha beg`ubor qarshlari bilan o`zlariga maftun etadilar –ularni o`z qaromog`iga olishga tayyor inson topiladi. Ammo bolalikka berilib ketmang, to`palon qilsangiz, jazolashadi, axir. O`zgarishga qaror qilsangiz, mustahkam oila qurishga muvaffaq bo`lasiz.

Biznes

2017 yil tavakkal qilishingizga to`g`ri keladi, bundan qo`rqmang, axir hozir etti o`lchashga vaqt yo`q, bittada kesib ketadiganlar ko`p. Pul masalasida qiynalmaysiz.

1-dekada. Aqliy mehnatda baraka topasiz. Kattaroq pul tushsa, uni aql bilan ishlating, mayda-chuydalarga sarflamang. Yangi loyihalar omad keltiradi.

2-dekada. Ishingizni oxiriga etkazishga sabringiz etmaydi. Shunday bo`lsa-da, kerakli va foydali tanishlar orttirasiz. Yangi hamkorlar ishingizning bir qismini bo`yinlariga olishadi, siz esa boshqarib tursangiz bo`lgani.

3-dekada. Ko`nglingizga yoqqan sohada mehnat qilsangiz, yuqorilarga ko`tarilasiz, ammo sizga g`ayrlik qiladiganlar bilan muloqotingizni cheklang, og`zingizga ehtiyot bo`ling, rejalaringiz bilan o`rtoqlashmang.

Oila

Turmush sharoitingiz yaxshilanadi.

1-dekada. Turmush o`rtog`ingizni maqtab tursangiz, nafaqat munosabatlarni mustahkamlaysiz, balki uning muvaffaqiyat qozonishiga ham turtki berasiz. Birgalikda turli tadbirlarga boring, chaqirilgan joydan qolmang.

2-dekada. Sizni hurmat qilishlari uchun, oila a`zolaringizga namuna bo`ling. Ayniqsa farzandlaringizga do`st bo`lishga harakat qiling. Oila boshlig`i, degan niqobingizni echib, biroz sho`xlik qilsangiz, hayotingiz quvonchga to`ladi.

3-dekada. Iqtidoringizni uyda ham namoyish eting. Ayniqsa ta`mirlash ishlarida bu asqotadi.

Salomatlik

Ko`proq dam oling, vaqtingizni ayamay, ko`proq  tabiat qo`yniga chiqing.

1-dekada. Shifokorlarning tavsiyalariga amal qiling, sal mazangiz bo`lmadimi, tibbiy mutaxassis tekshiruviga oshiqing. Har narsada me`yorni bilsangiz, butun yil bardam-baquvvat bo`lasiz.

2-dekada. Sport bilan shug`ullaning. Eng katta dushmaningiz – erinchoqlik. Do`stlaringiz, yaqinlaringiz bilan basseynga boring, yoga bilan shug`ullaning.

3-dekada. Kun tartibiga rioya qiling. Ortiqcha vazndan qutilsangiz, faqat foyda bo`ladi. Taomnomangizni qayta ko`rib chiqing.

Bolalar

Yosh «hamal» lar tovuq yilida mustaqil bo`lishga harakat qiladilar. Demak ota-onalar har qanday vaziyatda ham farzandlari o`zlarini erkin his qilishlarini ta`minlashlari kerak.

SAVR

Omad siz tomonda!

Ish yuzasidan turli takliflar ko`pligiga qaramay, yuqoriga ko`tarilishingiz qiyinroq bo`ladi, axir tepaga chiqadigan pillapoyalar uzun-da. Shunday bo`lsada “eng omadli burj vakili” tanlovida yutishingiz hech gap emas.

Fevral oyidan boshlab sizning ko`nglingizni ovlashga intilganlar soni bir necha baravarga ko`pyadi. Sabr bilan ulardan qutilishni o`rganing. Ammo martga kelib, hammasi joyiga tushadi, negaki qo`p vaqtingizni ishda o`tkazasiz. Ishdagi muvaffaqiyatlaringiz yaqinlaringiz bilan munosabatlarga ta`sir qilishi mumkin, shu bois uyga vaqtida kelishni kanda qilmang.

Bahor o`rtalarida qarindoshlar tashrifi ko`payadi. Bozor-o`char qilib qo`yavering. Qarindoshlaringiz esa ta`mirlash ishlariga yordam berishadi, xonadoningz qasrga aylanadi. Iyun oyida “savr”lar yangi faoliyat turida o`zlarini isnab ko`rishga qaror qiladilar. Hayotingizda  boy va nufuzli homiylar paydo bo`ladi – ularning yordamidan foydalaning.

Yozning oxirida iqtidoringizni namoyon qilishga muvaffaq bo`lasiz. Oilali burj vakillari yorlari bilan muloqotdan rohatlanadilar, turmush qurmaganlar esa o`z muhabbatlarini uchratadilar. Ha, o`sha siz uzoq yillardan beri kutgan ulkan muhabbat keladi!

Kuzda ta`tilga chiqing. Ikki hafta kurortda dam olib kelsangiz, ishoning, osmon uzilib erga tushmaydi. G`amxo`r va mehribon tovuq ishlaringizni barqarorligini ta`minlaydi.

Oktyabrning o`rtalarida raqobatchilar faollik ko`rsatadilar, shunda boy-badavlat homiylaringiz yana yordamga keladilar-u, bemalol ishingizni davom ettiraverasiz. Horijiy hamkorlardan taklif tushsa, ko`p taroziga solavermang, bunday imkoniyat har kimga ham berilavermaydi. Barchasi faolligingizga bog`liq. Hamkorlik uzoqqa cho`ziladi, natijada dunyo ko`rasiz. Ishingizdagi muvaffaqiyatlar yaqinlaringiz bilan munosabatlarni mustahkamlaydi. Mehnat safarlarida zerikmaysiz, ishingiz ko`p bo`ladi va u sizga rohat olib keladi, buning ustiga maoshi ham sizni quvontiradi. 

Muhabbat

Tovuq yili hislaringizni taftish qilib, yoringiz bilan munosabatlar qurishga o`rganishingiz uchun qulaydir.

1-dekada (21.04-30.04)da vakillari sevgi ummonida suzadilar, muhimi ba`zan boshni ko`tarib, atrofga nazar solib tursalar bo`lgani. 2017 yili ertakdek o`tadi, negaki turmush o`rtog`ingiz sizni sovg`alarga ko`mib tashlaydi. Siz ham mehribon sehrgar niqobini kiyib ko`rsangiz zarar qilmaydi, fantaziyangizga ko`p narsa bog`liq.

2-dekada (1.05-10.05)da tug`ilgan “savr”larning bolalardek beg`uborliklari bilan juftlarini maftun etadilar. Ammo jiddiylikni yo`qotmang. Yo`q deyishni ham o`rganmasangiz bo`lmaydi.

3-dekada (11.05-20.05). Oilali burj vakillari juftlarining rashkini keltirmaganlari ma`qul bu yaxshilik bilan tugamaydi. Hissiyotlarni yangilamoqchi bo`lsangiz, yoringiz bilan uydan tashqarida uchrashib, yangi tassurotlar og`ushiga otlaning.

Biznes

Tovuq yilida har qanday yangilik qo`llab-quvvatlanadi, demak, qo`rqmay hayolingizga kelgan ishlarni amalga oshiring.

1-dekada. Qoidalarga rioya qilish odatingiz bu yil omad keltiradi. Har qanday boshliq ham  uning jamoasida ishlashingizni istaydi. Axir “savr”lardek mas`uliyatli va aqlli xodimni topish qiyin-da. Bir zumlik foydaga uchmang, sekin, ammo barqaror o`sish yo`lini tanlang.

2-dekada. Kerakli odamlarni o`z tarafingizga tortib olasiz. Pul ham sizga o`zi uchib kelaveradi, go`yo. O`zingizni yo`qotib qo`ymang, yaxshisi, pullarni mustahkam saqlash yo`llari haqida bosh qotiring.

3-dekada. Kelayotgan yil daho yoki tavakkalchiga aylanishingiz atrofingizdagilarga bog`liq. Shuning uchun maslahat bera oladigan insonlar bilan muloqotda bo`ling. Orastaligingiz va tahlil qila bilishingiz yordamga kelib, har qanday ishda muvaffaqiyat qozonasiz.

Oila

Atrofingizdagilar siz uchun nima kerak ekanligini hal qilishlarini kutmang. 
Vaziyatni qo`lingizga olib, harakat qiling – yaqinlaringiz sizdan mas`uliyatni kutmoqdalar.

1-dekada. Qoidalarga rioya qilib yashash ba`zan odamni zeriktiradi. O`zingizga va yaqinlaringizga ko`proq erkinlik bering, oilaviy bayramlar uyushtiring, shunda butun yil ajoyib o`tadi.

2-dekada. Ozroq pul, biroz fantaziyangizni ishga solsangiz, uyingiz ta`miri bitadi. Buning ustiga yaqinlaringiz bu borada rejalar tuzib qo`yishgan. Yangilangan uyda hayotingiz yanada quvonchga to`ladi.

3-dekada. Juftingiz bilan munosabatlarni mustahkamlash davri keldi. Romantikani qaytarishga harakat qiling, ko`proq jilmaying. Kutilmaganda tabiat qo`yniga chiqishlar uyushtiring.

Salomatlik

Sog`lig`ingiz bilan jiddiy muammolar tug`ilmaydi, ammo organizmingiz berayotgan signallarga quloq tuting.

1-dekada. Sport bilan shug`ullaning, lekin professional sportchi bo`lmasangiz juda berilib ketmang. Haftada bir necha bor parhez tuting.

2-dekada. Tajribalar o`tkazishdan qo`rqmang. Yuzingizga yangi niqoblar qiling, kosmetik muolajalar ko`lamini kengaytiring. Ozish maqsadida parhez tutmang, qomatingiz shundoq ham havas qilgudek.

3-dekada. Dam olish degani – karavotda cho`zilib yotishni anglatmasligini unutmang. Velosiped haydang, ko`proq piyoda sayr qiling. Asabiylashmang.

Bolalar

Jajji “savr”lar o`z yoshlariga nisbatan o`zlarini jiddiy tutib, sizni hayratlantiradilar. Farzandingizni ko`proq maqtab, uning fikrini hurmat qiling.

JAVZO

Hademay to`y, tayyor turing!

Sho`x maymun yilida yakunlay olmagan ishlaringizni oxiriga etkazishga muvaffaq bo`lasiz. Yilni xush kayfiyat bilan o`tkazasiz.

Muvaffaqiyatlaringiz boshingizni aylantirishni fevraldanoq boshlaydi. Bahorning boshida g`oliblik nashidasini surasiz. Faqat ishda emas, shahsiy hayotingiz ham rang-barang bo`ladi. Biroq havolanib ketmang, jiddiylikni yo`qotmasangiz, hammasi ajoyib bo`ladi.

Aprelda, hatto may oyida ham ko`proq dam oling. Mehmondorchiliklar uyushtiring, juftingiz bilan sham yog`dusida suhbatlar quring. Muhimi faqat yaqinlaringiz atrofingizda bo`lsin. “Kerakli” odamlar bilan uchrashuvlarni yozga qoldiring. Iyunda kuchga to`lib, ishga kirishing. Oy boshida moliyaviy jihatdan yuqori cho`qqilarni zabt qilasiz. Boshqaruvni qo`ldan boy bermang, hamma narsani shaxsan nazorat qiling.

Iyul oyi muzokaralar va bitimlar uchun mos. Shahringizning eng ko`zga ko`ringan boylari sizga diqqatini qaratadi. Axir ishga o`zgacha yondoshuvingiz ularni hayratga solgani rost-da. Ichki hissiyotingiz tufayli yozning o`rtasida misli ko`rinmagan ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`asiz. Ish bilan bo`lib, oilangizni unutmang. Yoz tugamay bola-chaqangiz bilan ta`tilga chiqing. Uzoq safarlar sizni kutmoqda.

Sentyabr – imtihon davri bo`ladi siz uchun. Bu endi hazil emas. Tajribangizga tayaning, sinalgan huquqshunoslarga murojaat qiling, muhimi qonun doirasidan chetga chiqmang. Kuz oxirida uyingizga kelgan qarindoshlaringiz juftingiz bilan munosabatlaringizga putur etkazishi mumkin. Ammo jahl qilib, uyga kech kelishni odat qilmang, aksincha tabassumingizni ulardan ayamang. Qarindoshlar ham kerakligini unutmang.

Dekabrda yangi lavozimli bo`lasiz. Endi shoshqaloqlik va behuda urinishlarga chek qo`yasiz. Yil bo`yi olgan daromadingizni ham bir sanang, ko`nglingiz to`lishi aniq. 

Muhabbat

Sevgi sizni kutilmagan vaziyatlarda mavh etishi mumkin. Shunga tayyor bo`lsangiz bas.

1-dekada (21.05-30.05). 2017 yili siz istaganingizdek yorqin bo`lishi mumkin. Sizga sevgi izhor qilib yurgan oshiqlaringizni yo`q qilishingiz ham ehtimoli bor. Ammo oila qurmoqchi bo`lsangiz, qizil tovuq buni ikki qo`llab quvvatlashi aniq. Yana ko`nglingizga qarang...

2-dekada (31.05-10.06). Munosabatlarni chigallashtirib yubormang, ayniqsa juftingizning injiqliklarini jiddiy qabul qilmang. Juft tanlashda faqat tashqi ko`rinishiga ahamiyat bermang, aql jihatdan ham tengingiz bo`lsin. Aks holda to`ydan bir oy o`tiboq nima haqida gaplashishni bilmay qolasiz.

3-dekada. Shu yil rosa ochilib ketasiz. Bu juftingizni oson topishingizga yordam beradi. Chiroyli kiyinib, turli tadbirlarga borishni kanda qilmang. Aqlu farosatingiz bilan barchani maftun etasiz.

Biznes

Tadbirkorlikda sizdan o`tadigani bo`lmaydi.

1-dekada. Iqtidoringizni ishga solib, biznesda o`zingizni sinab ko`ring, raqobatchilardan qo`rqmang. Asosiy ishingizni hozircha tashlamang, pulingiz etarli bo`lsa ham, barqarorlik ham halaqit bermaydi.

2-dekada. Turli sohalarda ishlab ko`ring. Qo`rqmang, yutqizmaysiz. Topganingiz ro`zg`orga ham, dam olishingiz uchun ham etadi.

3-dekada. Yilning boshida maoshingizni ko`tarishlarini so`rab, rahbariyatga murojaat qiling, ular iltimosingizni rad qilishmaydi. Balki lavozimingizni oshirish masalasini ham ko`rib chiqishar. Bo`sh vaqtlaringizda sevimli xobbingiz bilan shug`ullaning. Kutilmaganda u sizga daromad olib kelishi hech gap emas.

Oila

Oilani birinchi o`yinga qo`ying, turmush o`rtog`ingizga ko`proq vaqt ajratishga qarakat qiling.

1-dekada. Uy sharoitingizni yaxshilaysiz, xonadoningizga turli jihozlar xarid qilasiz. Juftingizning qarindoshlaridan kutilmagan moliyaviy yordam kelishi mumkin. Mehmondo`stlikni unutmang.

2-dekada. Oilangiz a`zolari sizni qo`yarga joy topolmaydilar. Siz esa xudbinlikni yig`ishtirib, ularni sovg`alar bilan erkalating. Tabiat qo`ynida oilaviy dam olishni ham unutmang.

3-dekada. Sizning ko`tarinki kayfiyatingiz atrofingizdagilarga ham ta`sir etadi. Oddiy ro`zg`ordagi muammolarni hal qilishda yordam bering, bandligingizni ro`kach qilavermang. Uydagi mayda ta`mirlash ishlarini bajarish sizning vazifangiz, ertami, kechmi ularni qilishingizga to`g`ri keladi.

Salomatlik

Ortiqcha yuklamalaran ehtiyot bo`ling – bo`g`imlaringizni asrang. To`g`ri taomlanish tamoyiliga amal qiling.

1-dekada. Jigaringiz bezovta qilishi mumkin. Yog`li taomlar, spirtli ichimliklar iste`mol qilmang. Dudlangan go`sht va kolbasa mahsulotlarini ham chegaralangan miqdorda tanovul qiling.

2-dekada. Dardingizni ichingizga yutmang. Ayrim hollarda uni baqirib chiqarib yuborgan ma`qul. Axir asab po`latdan yasalmaganku. Muammolaringizni yaqinlaringizgagina ayting.

3-dekada. Zararli odatlaringizdan voz keching. Buni hech qiyin joyi yo`q, muhimi qaror chiqarib, unga amal qilsangiz bo`ldi.

Bolalar

“Javzo” bolajonlarning qiziquvchanligi chegara bilmaydi. Ularning barcha savollariga javob berishga tayyor bo`lishingiz kerak. O`z ustingizda ishlang, «ha» yoki «yo`q» deb ulardan qutulolmaysiz.

SARATON

Niyatni katta qilavering, muvaffaqiyatga erishasiz!

Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, qizil tovuq yili sizni o`z himoyasiga oladi. Shoshilishni yotqirmaysiz, bilamiz. Shunday ekan, dekabrda bu odatingizdan voz kechmang, yilning boshida muammolar o`zidan-o`zi hal bo`laveradi. Ishxonangizda vaziyat barqaror, rahbarlarning sizga munosabati yaxshi. Xotirjamlik bilan hayot haqida fikr yuriting, kelajak borasida orzularga beriling.

Fevralda tezlikni oshirganingiz ma`qul, aks holda eng zo`r joylarni egallab bo`lishadi. Rahbaringizga, «menga bo`lim boshlig`i lavozimini bering, eplayman» deyishingiz mumkin. Bu shaxsiy hayotga ham taalluqli. Bo`lajak juftingiz, sizga e`tibor qaratmay o`tib ketishini istamasangiz, yangi liboslar xarid qilgani do`konlarga oshiqing, go`zallik salonlarini ham chetlab o`tmang.

Bahorning boshida tadbirkorlik sohasidagi iqtidoringiz bo`y ko`rsatadi. Shu iqtidoringizga ishonsangiz, har kuni sandiq-sandiq pulga ega bo`lasiz. Ish jarayonida yuzaga kelgan fikrlaringizni yozib boring, bu yozuvlaringiz yaqin-o`rtada kerak bo`lib qoladi.

May oyida dam oling. Shu paytda xarid qilgan xorijga yo`llanmangiz ham arzonga tushadi, ham maza qilib xordiq chiqarasiz. Iyun va iyul bergan keng imkoniyatlar tufayli ulkan natijalarga erishasiz. Atrofingizdagilarni bir ko`zdan kechiring, sizga ko`magi tegishi mumkin bo`lgan piar mutaxassislari va huquqshunoslar tanishlaringiz orasidan topiladi.

Avgustda salomatligingizga e`tibor qarating. Davolovchi shifokoringiz ham sizni sog`inib qolgandir. Bu borada erinchoqlik qilmay, tekshiruvlardan o`ting.

Sentyabr uchrashuv va tanishuvlar oyi. Hammasiga ulugurish mushkul. Muhabbat hayajonlari sizni ishdan chalg`itishi hech gap emas. Tezroq ishga qayting, boshlig`ingiz sizni kechiradi.

Oktyabr va noyabrda yangi jomadon harid qiling – safarlaringiz ko`payadi. Yoringiz sizni sog`inar, ammo bunga vaqtingiz bo`lmaydi, ishingiz ko`paygandan-ko`payadi. Mehnatkashligingiz bois yangi lavozimga tayinlashlari ham hech gap emas, demak, nufuzingizga mos liboslar xarid qilaverishingiz mumkin. Hadeb ishda ushlanib qolaverishingiz oila a`zolariningizning g`ashini keltirmasligi uchun, ularni ham biror yumush bilan band qilib qo`ying. Masalan, uyni ta`mirlash ishlarini boshlang. Pulingiz hammasiga etadi. Faqat bir kuni ishdan kelib, uyingizni tanimay qolmasangiz bo`lgani.

Muhabbat

Uyqusiz kechalar va romantik oqshomlarga tayyor turing.

1-dekada (22.061.07) da tug`ilgan burj vakillarining ko`nglini  sarguzashtlar qumsaydi. Agar turmush qurmagan bo`lsangiz, bo`lajak juftingizni uchratasiz. Oilali «saraton» lar esa turmush o`rtoqlarining xohish-istaklarini inobatga olishlarini maslahat beramiz, negaki ular asossiz rashk qilishga moyildirlar. 

Sarton burjining 2-dekadasi (2.07-11.07) da dunyoga kelganlar muhabbatlarini qozonish istagidagi nomzodlar ichidan bittasini tanlab olishga muvaffaq bo`ladilar. Biriga va`da berib, qolganlarini umidvor qilmang. Agar haqiqatan ham bo`lajak umr yo`ldoshingizni topsangiz, to`yni boshlayvering.

3-dekada (12.07-23.07) «saraton» lari, juftingiz yoki yoringizga ehtiyot bo`lib muomala qilishni maslahat beramiz. O`ylamay aytgan gapingiz yoki qilgan harakatingiz ularni ranjitib qo`yishi mumkin. Romantik sayohatlarga chiqing. Safarlar sizga olam-olam quvonch olib keladi.

Biznes

Bir xillik va o`rtamiyonalik sizga to`g`ri kelmaydi. Qaysi ishga qo`l urmang, unda bosh rolda bo`lasiz va muvaffaqiyatga erishasiz.

1-dekada. Raqobatchilarni tor-mor etasiz, sizning salohiyatingiz oldida ular ip esholmay qolishadi. Egarda o`tirganingizda, sizga ko`mak berganlarni ham ununtmang. Ular hali yana sizga kerak bo`lishadi. Juda kerakli xodim bo`lishingizga qaramay, rahbar bilan  munosabatlarda hurmat qoidalariga rioya qilish kerakligini unutmang. 

2-dekada. G`oyalaringiz qaynab chiqaveradi va bu maqsadga erishishingiz omili bo`lib xizmat qilsa ajabmas. 2017 yilgi moliyaviy bitimlar omad olib keladi, faqat tavakkal qilmang, qadamingizni o`ylab bosing. Eng qiyin vaziyatlarda ichki sezish xissingizga ishoning.

3-dekada. Hamkorlaringiz bilan munosabatlaringiz mustahkamlanib, ularning tavsiyasi bilan o`sasiz. Hokimiyat tepasida turishingizga hech narsa xalaqit bermaydi. Muvaffaqiyat boshingizni aylantirib, barcha tanishlaringiz bilan do`stona munosabatlarni ushlab turolmaysiz. Pulingiz ko`p bo`ladi, demak xayr-ehsonni ham unutmang.

Oila

Yaqinlaringiz fikriga quloq tuting, bamaslahat ish qiling, murosai madorani unutmang.

1-dekada. Oila a`zolaringizga kichik bayramlar uyushitirib turing. O`z navbatida yaqinlaringiz ham sizdan e`tiborlarini ayamaydilar, ularning g`amxo`rliklaridan o`zingizni, yosh boladek sezib qolasiz.

2-dekada. Xonadongizdagi iliq muhit ko`nglingizni yayratadi. Ishdan so`ng uyga xursand bo`lib oshiqasiz. Moliyaviy ahvolingiz ham oilangizdagi munosabatlarga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

3-dekada. Bu yil oilangizni yanada farovon qilishga bor kuchingizni sarflaysiz. Ammo bu ishda shoshqaloqlik qilmang, haddan tashqari g`amxo`rlik ham oila a`zolaringni charchatib qo`yishi mumkin.

Salomatlik

Sport bilan shug`ullaning, erinchoqlikni bas qilib, tonggi yugurish va kechki sayrlarni boshlang.

1-dekada. Mushaklaringiz bezovta qiladi. Ammo xavotirga o`rin yo`q, faqat o`z bilganingizcha davolanmasangiz bo`lgani. Sanatoriyga boring, ham dam olasiz, ham davolanasiz. Aslida, sizda xohish bo`lsa, bas, bunga hech kim qarshilik qilmaydi.

2-dekada. Ko`p ishlaganingiz bilinadi, yiqilib qolguningizcha yuraverish shart emas. Qishloq havosiga nima deysiz? Ekologik toza mahsulotlar esa sizni quvatga kiritadi. Agar imkoningiz bo`lsa, dengiz sohillari ham sizni kutmoqda.

3-dekada. Me`yorni biling. Zararli gazlangan ichimliklar emas, sharbat iching, yog`li taomlar o`rnini sut mahsulotlari egallasin. Sport bilan shug`ullanishni unutmang, ammo unga ham berilib ketmang.

Bolalar

Yosh «saraton» lar o`zlarini anchayin bosiq tutadilar, do`stona munosabatlariga ko`z tegmasin. Ba`zan ular hayotga haddan tashqari jiddiy qarayotganlarini sezib qolasiz, bunday paytlarda ularni kayfiyatni ko`taradigan biror mashg`ulotga jalb eting.

ASAD

Pulingiz ko`payadi!

Sabrli – toqatli bo`lsangiz, omad sizni o`zi topib keladi. Hatto ishlaringiz yurishib, bir maromda ketayotganidan zerikib ham ketasiz.

Fevralda suyukli rahbaringizni ish sifatini oshirish borasidagi takliflaringiz bilan bezor qilasiz. Harakatlaringiz zoe ketmaydi –  yanayam katta maoshli lavozimni qo`lga kiritasiz. Albatta, endi ulkan rejalaringizni tarannum etish bilan cheklanmay, ularni amalga oshirish yo`lida anchayin ter to`kishingizga ham to`g`ri keladi.

Oilali burj vakillari sokin va shinam xonadonlarida tinch hayot kechiradilar, bo`ydoqlar esa osudalikni tushlarida ko`radilar. Erkinligingizga nuqta qo`yilishi ham hech gap emas. To`y valsini mashq qilavering.

Moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelmaydi. Qanchalik harakat qilmang, bor pulingizni ishlata olmaysiz. Jiddiy xaridlar ham qilasiz, dam olishga ham muvaffaq bo`lasiz.

Yozning boshiga dam olishni rejalashtiravering. Sayohat davomida ajoyib insonlar bilan tanishasiz. Yangi tanishlaringizdan ayrimlari siyosat arboblari ham bo`lishi mumkin – muomalani joyiga qo`ysangiz, uzoq yillarga ularning himoyasida bo`lishingiz ta`minlanadi.

Iyulda ijodga sho`ng`ing. Eng zo`r ijodkorlar sizning asarlaringiz bilan tanishib, o`z iqtidorlaridan ikkilana boshlaydilar. Tadbirkorlikda ham sizdan o`tadigani bo`lmaydi.

Yaqinlaringizni mustaqil fikrlashlariga qo`yib bering, nazoratni susaytiring, shunda qarindoshlaringiz ichida iqtidorli odamlar qanchalik ko`pligiga amin bo`lasiz.

Kuzda tashqi ko`rinishingizni o`zgartirish uchun malakali stilistga murojaat qiling. Shu oylar ichida muloqot doirangiz o`zgaradi, demak ularga mos bo`lishingiz kerak. Boy-badavlat oliftalarni ajoyib liboslaringiz bilan mot qiling. Noyabrda xizmat safariga chiqasiz. Safar puli maoshingizdan ham ko`pligi sizni quvontiradi.

Agar ishingiz yoqib, boshqa shaharda qolishingiz aniq bo`lib qolsa, oila a`zolaringizni ham ko`chirish masalasini dekabr oyida hal qiling. Yaqinlaringiz Yangi yilni yangi shaharda kutib olishlaridan baxtli bo`ladilar.

Muhabbat

Yuragingizga quloq soling.

1-dekada (23.07–03.08). Sevgi izhor qilib yurgan oshiqlaringiz ichidan bittasini tanlasangiz, ortiqcha imtihonga hojat yo`q. Shu insonga yuragingiz “jiz” etgan bo`lsa, ikkilanmay to`yga rozilik beravering.

2-dekada (04.08–13,08). Komplekslarni unuting – sizdan-da malohatlisi yo`q dunyoda, shunda kutilmagan uchrashuvlar ro`y beradi. Hatto, o`tmishdagi sevgilingiz paydo bo`lib, yillar o`tib, yanada ochilib ketganingizga ishontiradi. Bu mubolag`a emas, ko`zguga qarasangiz, bunga o`zingiz ham amin bo`lasiz.

3-dekada (14.08–23.08). Rashkdan xalos bo`lmasangiz, yoringiz chidolmay, g`oyib bo`lishi mumkin. Juftingizga ko`proq erkinlik berib, unga ishoning, shunda munosabatlaringiz ideal bo`ladi.

Biznes

Ichki ovozingizga quloq tuting, u sizga daromad keltiradigan ishlarni shipshib turadi.

1-dekada. Reklama sohasida o`zingizni sinab ko`ring. Qanchadan-qancha g`oyalaringiz bor axir, ularni o`zingiz ham sanab, adog`iga etolmasangiz kerak.  Sizning imkoniyatlaringizdan xabar topgan reklama agentliklari takliflar yog`dira boshlaydi.

2-dekada. Ma`muriy ishlarda omadingiz chopadi. Katta lavozimlar kutmoqda. Tanishlaringizni ishga soling, shundoq ham muvafaqiyatli bo`ladigan ish, birovning bir og`iz gapi bilan yanada tezroq amalga oshadi.

3-dekada. Omadlisiz, demak barcha foyda keltiradigan shartnomalar cho`ntagingizda. Maqtanishdan qo`rqmang, o`z iqtidoringiz haqida bong uring. Qat`iyat va ishonch moliyaviy muvaffaqiyatingiz garovidir.

Oila

Raxbarligingizni ishga tashlab keling. Uyda yaqinlaringiz bilan gap talashmang.

1-dekada. Uy-joyingizni o`zgartirish  haqida o`ylab ko`ring. Kattaroq va yaxshiroq uy sotib olsangiz, zarar qilmaydi. Oila a`zolaringizning har birida alohida xona bo`lishining yomon joyi yo`q, ularning dizaynerlikka havaslarini qo`llab-quvvatlang.

2-dekada. Oilangizning yoshi ulug` vakillari – bobo va buvilarga ko`proq vaqt ajrating. Ularni sovg`alar bilan siylang. Tabiat qo`ynida birgalikda dam olish munosabatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

3-dekada. Hissiyotga berilishdan cho`chimang – sizning ko`ngilchanligingizni oila a`zolaringiz to`g`ri qabul qiladilar. Mutolaa yo film tomosha qilayotib ko`z yosh qilishning zarari yo`q, bu hayotingizga rang-baranglik olib kiradi. Qarindosh-urug`lar yig`ilib turishiga bosh-qosh bo`ling, faqat bu zerikarli majburiyatga aylanib qolmasa, bas.

Salomatlik

Ruhiy muvozanatingiz haqida qayg`ursangiz, foydadan xoli bo`lmaydi. O`zingizga yoqimli insonlar bilan muloqot qiling, dam oling, shunda asab tizimingiz tinchlanadi.

1-dekada. Sport bilan shug`ullaning. Tennis o`ynang, qarabsizki, jismoniy mashg`ulotlarsiz hayotingizni tasavvur qilolmay qolasiz. Spirtli ichimliklardan uzoq yuring, shunda jigar bilan muammolar kelib chiqmaydi.

2-dekada. O`tayotgan yil tinim nimaligini bilmadingiz, endi biroz tin oling. Asad uchun muhimi – parhez va uyqu. Foydali mahsulotlardan iste`mol qilib, vaqtida dam oling. Ruhiy xotirjamlikda gap ko`p, – gul o`stiring, ko`nglingizga yoqadigan biror yumush toping. 

3-dekada. Bardoshingiz va sog`ligingiz hamisha zo`rdek. Ammo tibbiy tekshiruvlarni ham unutmaslik kerak. Qabulga bugunoq yoziling, ishlar kutib turadi. Zararli odatlarni tashlang, bunga barcha imkoniyatlar muhayyo.

Bolalar

Jajji burj vakillari quvnoq kayfiyatlari bilan atrofdagilarni xursand qilishadi. Kulaverib yiqilib tushishlari mumkin, polga yumshoq gilamlarni to`shab qo`ying.

SUNBULA

Sep yig`avering, bu yil to`y!

Yanvar sizni ajoyib sovg`alari bilan kutib oladi. Faqat ularni chiroyli qutilardan chiqarsangiz bo`lgani. Fevralda ishxonangizda ajoyib voqea sodir bo`ladi – rahbaringizning sizga munosabati ijobiy tomonga o`zgaradi, endi qo`rqmay maoshingizni oshirishlarini so`rashingiz mumkin. Xizmat safarlari va foydali bitimlar tuzish odatiy holatga aylanadi, faqat ularni imzolashga ulgursangiz bas. Oilali burj vakillari ham zerikmaydilar, tez orada uyga yangi mehmon kelishi haqida xabar eshitishadi.

Turmush qurmaganlar ham xotirjam o`tirolmaydilar – jozibangiz oshiqlaringizni aqlidan ozdiradi. Sovchi kutaverib, bezor bo`lasiz.

Bahor shodu hurramlikda o`tadi. Aprel va may oylarida turli musobaqa va tanlovlarda ishtirok etishga arizalar topshiravering – siz, albatta, g`olib bo`lasiz! Lotereya biletlari ham harid qilishni unutmang.

Yozda dam oling. Safar uyushtiring, bog`ingizda ishlang. Uch-to`rt kunga bolajonlaringizni buvijonlariga tashlab, sayohatga otlanishni maslahat beramiz.

Kuzda, hordiqdan so`ng o`zingizni butkul ishga bag`ishlang. Hamkasblaringizu hamkorlaringiz sizning olamshumul g`oyalaringizsiz zerikib qolishdi axir. Ularning hayoti zerikarli bo`lmasin  desangiz, rejalaringiz bilan o`rtoqlashing, ammo barcha siru asrorlaringizni oshkor qilmang.

Oktyabrda eski tanishlaringizdan biri ajoyib taklif bilan chiqadi. Agar shu kishiga ishonsangiz, uning taklifiga ko`ning, hatto qaltis tadbirni amalga oshirish kerak bo`lsa-da.

Noyabr oyida yoringiz bilan munosabatlaringiz mustahkamlanadi, agar turmush qurmagan bo`lsangiz, to`yga tayyorgarlik ko`ravering. Aks holda, tanlagan insoningiz kutishdan charchab, sizni tinch qo`yishga qaror qilishi mumkin.

Dekabr oyida qadrdon do`stlaringiz bilan uchrashasiz, hamkasbalringiz bilan munosabatlaringiz yanada yaxshilanadi, shu darajadaki, hatto, ularni Yangi yilga mehmonga chaqirish istagi paydo bo`ladi. Bu istagingizni bir amalga oshirib ko`ring, maza qilasiz!

Muhabbat

Ishq nayzasi to`ppa – to`g`ri nishonga tegishi mumkin bo`lsa-da, ehtiyot bo`ling, hazillashib otilgan bo`lmasin tag`in.

1-dekada (24.08-2.09). Siz mag`lub bo`lish uchun yaralmagansiz, muhabbat borasida ham shunday. Bo`lajak yoringizni darrov boshqalardan ajratib olasiz, o`zingizni yo`qotmay, darrov tashabbusni qo`lga oling. Shunda sevgingizni his qilgan juftingizning yuragi eriydi.

2-dekada (3.09-13.09). Injiqlik qilavermang, sevgan insoningizning gaplariga quloq tuting. Agar erkin qush bo`lsangiz, to`ringizga qarshi jins vakillarining eng sarasini ilintirishingiz mumkin, ammo bo`ydoqlikdan voz kechishga tayyormisiz?

3-dekada (14.09-23.09). O`z juftingini topish uchun biroz harakat qilishingizga to`g`ri keladi. Olma pish degan bilan og`zingizga tushavermasligini bilasizku. Ko`proq  turli tadbirlarda ishtirok eting, shahar kezing. Uni, albatta, topasiz.

Biznes

Qo`l urgan sohangizda muvaffaqiyat qozonasiz. Fermerlikmi, qo`shiqchilikmi, kimyo sanoatimi, baribir.

1-dekada. Noana`aviylikka moyilsiz – o`qituvchilik yoki ijodiy ish bilan shug`ullaning. Pulga qo`lning kiri deb qarasangiz-da,  undan taqchilikni sezmaysiz.

2-dekada. Jamoat ishlarida o`zingiznning bor imkoniyatlaringizni namoyon etasiz. Boshqalardan ajralib turishdan cho`chimang. Reklama sohasida, ayniqsa, omadingiz keladi.

3-dekada. Darrov ishga sho`ng`ib ketishingiz qiyin bo`ladi, ammo kirishsangiz, g`alabalar yog`ilaveradi. E`tirof va e`tiborga tayyor turing. Daromad olganingizda qiynalib qolgan yaqinlaringiz haqida ununtmang.

Oila

Xonadoningizda tinchlik va osudalik hukm suradi, ammo o`zingizni bo`sh qo`ya ko`rmang. Oila a`zolaringizni zeriktirmaslik ham sizning vazifangizga kiradi.

1-dekada. Safarda ko`p bo`lganingiz bois, ro`zg`or tashvishlari oilangiz a`zolariga tushadi. Ularni moliyaviy jihatdan qo`llab tursangiz, sizning yo`qligingizdan noliyverishmaydi. Sho`xlikda tengi yo`q, bolalaringiz tarbiyasi haqida unutmang.

2-dekada. Uyingiz shinamligiga e`tibor bering. Ko`proq mehmon taklif qiling, oilaviy tadbirlar uyushtiring. Shunda xonadongizga baraka yog`iladi.

3-dekada. Oila a`zolaringiz bilan birgalikda sayohat qiling, shunda yangidan-yangi tassurotlar sizni zeriktirmaydi, yaqinlaringiz bilan munosabatlaringiz esa mustahkamlanadi. Katta avlod vakillari bilan tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin, ularni tushunishga harakat qiling.

Salomatlik

Sog`lig`ingizni ehtiyot qiling, o`zboshimchalik bilan davolanmang.

1-dekada. Taomlanishga ahamiyat bering. Sho`rva va bo`tqalar ayni muddao, meva – sabzavotlar esa dasturxoningizdan uzilmasin.

2-dekada. Oyoqlaringiz alohida parvarishga muhtojligini  unutmang, maxsus vannachalar qilib ularni charchoqdan xoli qiling. Yangi krossovka xarid qiling, yugurishni boshlash davri keldi. 

3-dekada. Kompyuterning qarshisida hadeb o`tiravermang. O`z vaqtida yotib, dam olishni odat qiling. Yotishdan avval suratlarga izoh yozgandan ko`ra, toza havoda sayr qiling. Tinchlantiruvchi dorivor o`tlardan ichib turing.

Bolalar

Kichkintoylar bu yili fantaziyalarining boyligi bilan ajralib turishadi. Agar yolg`on aralashtirib gapirsalar, ularni zinhor koyimang, aksincha ular bilan birgalikda ertaklar to`qing.

Batafsil >>>

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1