AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev va Aliyev Yangi Toshkent kelajagi bilan tanishdi — 3 ta muhim loyihaga start berildi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda shahar qurilishi, Nizomiy nomidagi universitet kampusi va “Ozarbayjon” bog‘i loyihalariga start berdi.

'Mirziyoyev va Aliyev Yangi Toshkent kelajagi bilan tanishdi — 3 ta muhim loyihaga start berildi'ning rasmi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentdagi qator muhim loyihalar bilan tanishib, ularni amalga oshirishga start berdi.

Davlat rahbarlariga Yangi Toshkentning bosh rejasi, qurilish jarayonlari, transport va muhandislik infratuzilmasi haqida maʼlumot berildi. Qariyb 20 ming gektar maydonda barpo etilayotgan yangi shaharda istiqbolda 2 million aholi yashashi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Mirziyoyev va Aliyev 40 gektar maydonda qurilayotgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini tantanali ochdi. Kampusda 20 ming nafar talabaga moʻljallangan oʻquv binolari va 5 ming oʻrinli talabalar turar joylari tashkil etiladi.

Tashrif doirasida Yangi Toshkentda 4 gektar maydonni egallaydigan "Ozarbayjon" bogʻini barpo etish ishlariga ham start berildi. Unda Ozarbayjon madaniyati, tarixi va milliy anʼanalarini aks ettiruvchi jamoat makoni tashkil etiladi.

Taʼkidlanishicha, Bokuda ham "Oʻzbekiston" bogʻi barpo etilmoqda. Shu tariqa Toshkent va Bokudagi ushbu maskanlar ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va madaniy yaqinlikning ramziga aylanishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar