Shekspir hayotni teatrga, insonlarni esa aktyorlarga qiyoslagan edi. Agar hayot chindan ham teatr bo`lsa, er va xotin o`rtasidagi munosabatlarda rollar qanday taqsimlanadi? Buni aniqlash uchun quyidagi savollarimizga javob bering.
1.Yaqindagina xarid qilgan sevimli xonandangizning konserti yozilgan diskni topa olmayapsiz...
A) Oxirgi marta qachon va qaerda ko`rganingizni eslashga urinasiz.
B) Turmush o`rtog`ingizdan so`raysiz.
V) Qidiruvni uning buyumlaridan boshlaysiz.
G) Ta`bingiz xira bo`lganini namoyishkorona bildirasiz.
D) Juftingizning saramjon emasligidan shikoyat qilasiz.
2. Turmush o`rtog`ingiz ishdan kech keldi, charchagani, nimadandir xavotirda ekani yuz-ko`zidan ko`rinib turibdi...
A) Unga qanday yordam bera olishingizni so`raysiz.
B) Sizga yo`q joydan jahl qilishi yaxshi exmasligini aytasiz.
V) Qanday qilib bo`lmasin so`zlab berishga majbur qilasiz.
G) Shirin so`zlar bilan ovutishga urinasiz.
D) Qornini to`yg`azib, tezroq dam olishiga imkon yaratasiz.
3 . Televizorda futbol namoyish etilayapti...
A) Sizga etibor qaratmay televizorga termulib o`tirganidan asabiylashasiz.
B) Bu naqadar bema`ni mashg`ulot ekanligini ta`kidlaysiz.
V) Birga futbol tomosha qilasizlar.
G) Jilmayasiz. Axir u ham dam olishi kerakku.
D) Keyingi safar stadionda, jonli tarzda tomosha qilish taklifini kiritasiz.
4. Dugonalaringiz gap orasida biroz to`lishganingizni qistirib o`tishganidan buyon velotrinajyor xarid qilish fikri tinchlik bermay qo`ydi. U esa qarshi...
A) Birgalikda shug`ullanishingiz mumkinligini tushuntirasiz.
B) Noroziligining sabablarini bilishga qiziqasiz.
V) Moslama sizga suv va havodek zarur ekanligini ta`kidlaysiz.
G) Xavotir olmasligini, velotrinajyorni o`z pulingizga xarid qilishinigizgni aytasiz.
D) Ziqna er uchraganidan nolib, sizni qo`llab quvvatlamayotgani uchun arazlaysiz.
5. Ishdan charchab kelib, muzlatkichni ochdingiz-u, dong qotdingiz. Ichi bo`m-bo`sh...
A) Shu zahotiyoq bozorga yugurasiz.
B) Avvalroq bilmaganingizdan asabiylashasiz.
V) Muzlatgichni kim bo`shatgan bo`lsa o`sha to`ldirsin.
G) Darhol turmush o`rtog`ingizga qo`ng`iroq qilib, ishdan qayta turib bozor-o`char qilishini iltimos qilasiz.
D) Kechki ovqatni kafeda tanovul qilish yoki mehmonga borishni taklif qilasiz.
6. Qaynegachingiz qo`ng`iroq qilib farzandlari bilan bir hafta mehmon bo`lajagini ma`lum qildi...
A) Anchadan beri bolalarni saylgohga olib borishga bahona topolmay turgandingiz. Imkon tug`ilganidan xursandsiz.
B) “Muhim tashrif” oldidan yaxshilab tayyorgarlik ko`rasiz. Uy tozalash, pishir-kuydir degandek...
V) Endi turmush o`rtog`ingiz bor e`tibori va mablag`ini ularga sarflashi haqida o`ylaysiz.
G) Bu xabardan xafa bo`lmasangiz ham, tashrifning asl sababini bilishga qiziqasiz.
D) Ortiqcha urinishga hojat yo`q, ro`zg`orda borini mehmonlar oldiga qo`yasiz.
7. Hech kutilmaganda turmush o`rtog`ingizni bir haftaga xizmat safariga jo`natishayapti...
A) Endi ro`zg`or tashvishi sizning bo`yningizga yuklanadi...
B) Har kuni qo`ng`iroq qilishga va`da berganidan keyingina tinchlanasiz.
V) Yo`lda asqotishi mumkin bo`lgan oltinga teng maslahatlaringizni ayamaysiz.
G) Bir hafta yolg`iz qolishni o`ylab xafa bo`lasiz...
D) Bu erkinlik degani, darrov kiyimlarini joylashga ko`maklashasiz.
8. Yoringiz jurnallardagi chiroyli ayollar suratiga mahliyo bo`lib qoldi...
A) O`zingizni beso`naqay his etasiz.
B) Barini hazilga yo`yib, didini tanqid qilasiz.
V) Ularning nimasiga mahliyo bo`lganini tushunishga harakat qilasiz.
G) Bu mashg`uloti yaxshilikka olib kelmasligidan ogohlantirasiz.
D) Biroz chalg`iganidan so`ng suratdan xalos bo`lish payiga tushasiz.
Yo`riqnoma:
Quyidagi jadval yordamida ballaringizni hisoblang.
|
№ |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
A |
4 |
4 |
1 |
4 |
2 |
4 |
1 |
0 |
|
B |
3 |
3 |
2 |
3 |
0 |
2 |
0 |
3 |
|
V |
2 |
0 |
3 |
0 |
3 |
1 |
2 |
4 |
|
G |
0 |
2 |
0 |
2 |
1 |
0 |
3 |
2 |
|
D |
1 |
1 |
4 |
1 |
4 |
3 |
4 |
1 |
Javoblar:
1-10 ball
Yoringizning qizideksiz
O`z quvonchingizni atrofdagilarga ulashishga ustasiz. Xafa bo`lganingizda esa doim hamdard topiladi. Yoringiz sizni himoyalashi, sevishi va ardoqlashi uchun uning qiz farzandi rolini tanlagansiz. Shu tariqa g`ayrishuuriy tarzda bolaligingiz imkon qadar uzoqroq davom etishiga intilayapsiz. Gohida yoringizning arzimagan e`tirozi ham shaxsiyatingizga berilgan zarbadek tuyuladi. Bunday xatti-harakatingiz ichki qo`rquv, ojiz tomonlarnigizni ko`rsatishdan va xato qilishdan qo`rqish hissi bilan bog`liq. “Yoki meni sevasiz, yoki katta ko`cha” qabilidagi fikrlashingiz ham yaqin insoningizni sizdan uzoqlashtiradi. Bundan tashqari umr yo`ldoshingiz siz uchun qaror qabul qilish va nomingizdan gapirish huquqini berib qo`ygansiz. Biroq bu rol munosabatlaringizning o`sishiga to`sqinlik qilishini ham inobatga oling. O`zingizga bo`lgan ishonchni orttirish uchun sevimli mashg`ulotingiz bilan shug`ullaning.
10-20 ball
Shifokor va bemorsiz
Agar munosabatlardagi rolingiz shifokor yoki enagaga qiyos bo`lsa, demak siz har qanday vaziyatda ham yordamga shaysiz. Hayotning murakkabliklaridan yoringizni qaramog`ingizga olgan holda hamoyalashga intilasiz. Ba`zida mushkul vaziyat bo`lavermasa uni o`zingiz yaratishga moyilligingiz ham yo`q emas. Bu esa turmush o`rtog`ingizning erkinligini bo`g`ishi mumkin. “Shifokokr”lar doim diqqat markazida bo`lishni, ularni qadrlash va e`zozlashlarini istaydilar. Shu bilan birga muammoli vaziyatlarda savolni to`g`ri qo`yish va unga aqlli javob topish ham sizga xos xususiyat. Biroq o`zingiz sirliligingizcha qolib, boshqalarning sirini fosh etish odatingiz turmushda ba`zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Agarda “shifokor” roliga kirishgan ekansiz juftingizni bemor obrazida bo`lishga majburlashingiz ham bor gap. Shuning uchun u yoningizda o`zini noqulay his eta boshlaydi. Agar munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yishga intilsangiz, his-tuyg`ularingizni yashirmay izhor etishni o`rganishingiz lozim.
20-32 ball
Turmush o`rtog`ingiz bilan do`stsiz
Borlig`i, tuyg`ulari, fikrlari va maoshi bilan ham bo`lishishga tayyor insonsiz. Munosabatlarda bu rolingiz yoringizni ham “men” deb emas, “biz” deya fikr yuritishiga undaydi. U yonida qo`llab-quvvatlashga tayyor inson borligiga ishonadi. Barcha sirlaringizni, ko`ngildagi so`zlarni ochiq aytishga harakat qilasiz. Bu rolini tanlay turib juftingizni ham shu rolga kirishga undaysiz. O`zaro “do`st” juftliklar umumiy maqsadlari bo`lganidagina o`zlarini turli sohalarda namoyon eta olishadi. Biroq har kimning ham faqat o`zigagina tegishli sirlari bo`lishi mumkinligini yoddan chiqarmang.
Maftuna tayyorladi.





