Mamlakatimiz tijorat banklari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan vazifalarni bajarish hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug`ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tadbirkorlarga moliyaviy ko`mak va madad berishning yangi usullarini joriy etmoqdalar.
Banklar oddiy aholini tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o`rgatish va shunga etaklash maqsadida ularning bank xizmatlari va kredit mablag`lariga bo`lgan ehtiyojini o`rganib chiqishga kirishdi.
Tijorat banklarining joylardagi filiallari mas`ul xodimlari aholi xonadonlariga tashrif buyurmoqda va ular bilan o`tkazayotgan muloqotlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning shartlari, kredit hujjatlari va garov ta`minoti to`g`risida batafsil tushuntirishlar berib bormoqda.
O`z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularning kredit hujjatlarini tayyorlash bo`yicha tegishli maslahatlar berilmoqda va qisqa muddatlarda kredit mablag`lari ajratish choralari ko`rilmoqda.
Banklar tomonidan aholiga quyidagi yo`nalishlar bo`yicha kredit ajratish taklif etilmoqda:
- chorvachilikni tashkil etish;
- parrandachilikni tashkil etish;
- asalarichilikni tashkil qilish;
- quyonchilikni tashkil qilish;
- qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish, bog`dorchilik va uzumchilikni tashkil etish;
- issiqxonalar tashkil etish;
- baliqchilikni tashkil etish;
- kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish;
- kasanachilikni rivojlantirish;
- hunarmandchilikka;
- sartaroshxona xizmatini tashkil etish;
- tikuvchilik va chevarchilikni tashkil etish;
- poyabzal tuzatish ustaxonasini tashkil etish;
- umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish;
- maishiy texnikalarni tuzatish ustaxonasini tashkil etish;
- go`zallik salonlari tashkil qilish;
- aholiga transport xizmatlari ko`rsatishni tashkil qilish;
- avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish shahobchasi tashkil qilish;
- avtomobillarni yuvish shahobchasi tashkil qilish;
- kompyuter xizmatlari ko`rsatishni tashkil qilish;
- savdo faoliyatini yo`lga qo`yish;
- hammomlar tashkil qilish;
- novvoyxona tashkil qilish;
- qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
- boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.
Banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalanib, o`z biznesini tashkil etish fuqarolarning kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun keng sharoit yaratadi.