Sut tishlari qachon tushishi kerak?

Salomatlik 04.01.2017, 14:07
Teglar: Salomatlik, Bola, SUGDIYONA
Sut tishlari qachon tushishi kerak?

Bir latifada shunday deyiladi: hayot senga ikki marta tekin tishlarni beradi, uchinchisi uchun esa pul to`lashga to`g`ri keladi. Biz mana shu ikkinchi marta tekinga olgan tishlarimiz haqida gaplashamiz. Xo`sh, bolakayning sut tishlari necha yoshda tushadi?

«Birinchi»larning vazifasi

Sut tishlar chaqaloqning 6 oyligidan chiqishi mumkin. Ammo me`yorda u 8 oydan so`ng yora boshlaydi. Sut tishlar doimiysiga qaraganda, kichikroq, ildizi qisqaroq bo`ladi. Bu tishlar vaqtinchalik bo`lsa-da, kichkintoyga 13-15 yil xizmat qiladi. Bolaning 6-7 yoshidan boshlab, bu tishlar o`rnini doimiylariga bo`shatishni boshlaydi.

Qaysi qaerda joylashgan?

Sut tishlarning tushish tartibi haqida gap ochishdan avval, uning joylashishini aniqlab olaylik. Buning uchun pastki va yuqori jag`ni ikkiga bo`lamiz. Demak, to`rt bo`lak jag` hosil bo`ldi. Jag`ning har bir bo`lagida 2 ta kurak, ya`ni oldingi tish (markaziy va yon), 1 ta qoziq va 2 ta katta oziq tishlar bo`ladi.

Vaqti keldi!

Har bir sut tishlarining o`z tushish vaqti bor. Doimiy tishlar rivojlanib, bosh ko`tarishi bilan sut tishlar ildizi so`rilishni boshlaydi. Shu jarayonda tish qimirlab qoladi. U butkul so`rilgach, doimiy tish uning o`rachasidan itarib chiqib, uning joyini egallaydi. Sut tishlari qay tartibda chiqqan bo`lsa, ular shu tartibda yangilanadi.

Kimda qanday?

Sut tishlarining tushishi, odatda, o`ng va chap tomondagi «egizi» bilan bir vaqtda ro`y beradi. Qiz bolalarda bu jarayon o`g`il bolalarga qaraganda ertaroq boshlanadi. Shuningdek, avval pastki jag` tishlari, so`ng yuqoridagi «egizi» tushadi.

Aniqlik kiritamiz

Ushbu jadvalda sut tishlarining doimiysiga almashishining me`yoriy ko`rsatkichlari berilgan.

Sut tishlar

Ildiz so`rilishining boshlanishi

Almashinuv

(sut tish tushishi)

Pastki markaziy kurak tishlar

5 yoshdan boshlab, 2 yil davom etadi

6-7 yoshda

Yuqori markaziy kurak tishlar

Pastki yon kurak tishlar

6 yoshdan boshlab, 2 yil davom etadi

7-8 yosh

Yuqori yon kurak tishlar

Yuqorigi kichik jag` tishlar

7 yoshdan boshlab, 3 yil davom etadi

8-10 yosh

Pastki kichik jag` tishlar

Yuqori qoziq tishlar

8 yoshdan boshlab, 3 yil davom etadi

9-11 yosh

Pastki qoziq tishlar

Pastki katta jag` tishlar (ikkinchi molyar)

7 yoshdan boshlab, 3 yil davom etadi

11-13 yosh

Yuqori katta jah tishlar (ikkinchi molyar)

 

Shu tariqa, birin-ketin barcha 20 ta sut tishlari tushib, doimiy sut tishlar bilan almashadi.

 

Nega sut tishi tushmayapti?

Bunga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:

  • tabiatan o`ziga xosligi;
  • raxit;
  • infeksiya yoki surunkali xastaliklar;
  • nasliy moyillik.

Bordi-yu, sut tishlar tushmay, doimiy tishlar uning ortidan chiqib kelayotgan bo`lsa, albatta, kichkintoyni stomatologga olib boring. Sut tishlar ildizi so`rilish jarayonida bo`lgani uchun ularni olib tashlash qiyin emas. Shundan so`ng doimiy tishlar o`z o`rnini egallaydi. Farzandingiz tishlari ikki qator o`sayotgan bo`lsa, havotir olmang, bu bola tishlamiga ta`sir etmaydi. Ular «kelishib», hamma o`z o`rnini topib oladi. Shunchaki, unga mutaxassis ko`rigi va vaqt kerak, xolos. 

Tavsiya: Bola ko`proq qattiq meva va sabzavot eyishi kerak. Masalan, sabzi va olma sut tishlarning tezroq tushib, doimiysi mustahkam bo`lib o`sishiga yordam beradi. Shuningdek, bolalarga kalsiyga boy mahsulotlarni berishni ham unutmang.

Shifokor – stomatolog Saodat ShOMIRZAEVA

tavsiyalari asosida Kamola BOShBEKOVA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1