1

Sersavol ayollar dastidan d-o-o-o-d!

SUG'DIYONA 05.01.2017, 16:46
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin, SUGDIYONA
Sersavol ayollar dastidan d-o-o-o-d!

Dunyoda savolni ayol kishichalik ko`p beradigani topilmasa kerak. Uylanganlar gapimni tasdiqlashadi. Ayol zotidan a`lo kategoriyali izquvar chiqishi aniq. Ishonmaysizmi? Ishonavering! Mana, eng oddiylari…

Har bir ayol umri davomida hech bo`lmaganda bir marotaba beradigan savol: «Nima ovqat pishiray?»

Erkak kishi taomnoma tuzishi kerak, degan qonun qaerda yozilgan? Ish bilan band erni hadeb bo`lmag`ur masalada bezovta qilish to`g`rimi?

Keyingisi bunisidan ham o`tib tushadi. Sartaroshxonaga borib, soch turmaklatgach, beradigan savoli: «Sochimning turmagi sizga yoqdimi?»

Koshki, er bechora xotinining sochi qay yo`sinda aprelda — qizil, mayda — malla, iyunda — yo`l-yo`l bo`lib qolishini tushuna olsa! O`zim ham ba`zan ertalab uyg`onib, yonimda kim yotganini tushuna olmayman. Endi xotinimning qizil sochiga o`rganganimda ertasi kuni uyqudan ko`zimni ochsam, ikki qo`lini beliga qo`yganicha turgan ayolni ko`rib…

Yana bir savol telefoningizga kimdir qo`ng`iroq qilganida shubhali tuyulsa beriladi: «Kim edi u?» Savolga rost javobni olgach, indamay ko`ya qoladi deysizmi? Naq teringizga somon tiqadi-ya! Shu sababli ham biz bechoralar silliqroq javob o`ylab topishga urinamiz. Axir oilaning tinchi buzilmasligi kerak-ku! Xo`sh, nima sababdan biz ulardan «bog`chaga ketayotganingda yo`lda yoningdan o`tib ketayotgan odam kim edi» kabi savollarni bermaymiz?

Navbatdagi savol: «Shu vaqtgacha qaerda edingiz?» Bu ham bema`ni savol. Rostini aytadigan mardni ko`rsatsangiz, bitta choyxona palov mendan. Men ham o`ylab o`tirmay, «shaxmat o`ynagani borgandim», deb javob berdim. Undan keyingi savol birinchisidan-da bema`ni bo`ldi:

«Unda nima sababdan sizdan ichimlik hidi kelayapti?»

— Qiziq ekansan-ku! Seningcha, mendan shaxmat hidi kelishi kerakmidi?!

Mening xotinim ko`p so`raydigan yana bir savol: «Ko`ylagim yarashibdimi?» Ko`ylak yarashgan-yarashmaganini eringizning kesakdek sarg`aygan aftiga qarab bilib olavering. Axir siz ko`ylakning arzonini tanlamaysiz-ku! Sizga o`zi yarashsa ham, eringizga puli yarashmayapti-da!

Yana bir savol: «Meni sevasizmi?» Buni bilishni istaganlar, tortmani oching-da, pasportga qarang. Tamg`a turibdimi? Xo`sh, yana qanday isbot kerak sizga o`zi?

Tunov kuni xotinim savol berishda odatiy chegaradan biroz chekindi. Bu galgi savol murakkabroq edi:

Sizga aqlli ayollar yoqadimi, yoki chiroylilarimi?

— Menga unisi ham, bunisi ham yoqmaydi. Men faqat seni sevaman, azizam!

Eng ajablanarlisi va aqlim etmaydigani, bu javobimdan ko`ngli to`lmay, xotinim rosa arazladi. Shu kabi muammolarga to`qnash kelaverish jonga tegdi. Qani endi barcha erkaklar birlashsayu bitta respublika tashkil etishsa. Respublika nomini «Erkagiston» deb nomlagan bo`lardik. Eng muhimi esa bu erda yashovchi erkaklar hech qachon bir-birlariga bema`ni savollar berib qiynamagan bo`lishardi. Gapimni ma`qullaganlar topiladimi? Barakalla! Qo`l ko`targanlarning aksariyati erkaklar ekan. Qush tilini qush tushunadi, deb bejiz aytishmaydi-da!

Akbar, Toshkent shahri

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1