1

Jahlingizni chiqaradigan 7 sabab

SUG'DIYONA 06.01.2017, 12:08
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin, SUGDIYONA
Jahlingizni chiqaradigan 7 sabab

Ba`zan turmush o`rtog`ingiz o`zini shunday tutadiki, kulishni ham, yig`lashni ham bilmay qolasiz

1. Uning suhbatlari muhimroq

O`zi telefonda soatlab «muhim» narsalar haqida gaplashib o`tiradi. Lekin siz 10 daqiqadan ko`p gaplashib yuborsangiz, ko`zlari ola-kula bo`lib ketadi. Jahlingiz chiqmasin! Albatta, bu adolatsizlik, fikringizga qo`shilamiz… Lekin nima ham qilardik —telefonda yotib olib gaplashish ayollarga xos ish degan gap ularning qon-qoniga singib ketgan.

2. «Yoqimli» syurpriz

Qahramoningizning bugun kayfiyati yaxshi va siz uchun maxsus qo`lbola palov damlab bermoqchi! Qanday yaxshi! Lekin oshxona u palov damlagandan keyin bomba portlagan maydonga aylanadi! Stollarning usti, pol va hatto devorlarga ham yog` sachragan, ikki kishi uchun to`rtta lagan, sakkizta likopcha va 10 ta qoshiq ishlatilgan! Eng qizig`i shef oshpazning nazarida oshni u tayyorlagandan keyin, oshxonani tozalash sizning zimmangizda bo`lishi kerak. Jahl qilishga shoshilmang! Agar oz bo`lsa-da, yig`ishtirishga yordam bersa, yaxshi, agar yordam berishni istamasa, bu kabi syurprizlar sizga unchalik hush kelmasligini ta`kidlab qo`ying…

3. Birvarakayiga ikki ish…

Quyidagi manzara barcha ayollarga tanish bo`lsa kerak, aytaylik, turmush o`rtog`ingiz bilan biror joyga yo`l oldingiz, kutilmaganda u to`xtab, qiziq voqeani gapira boshlaydi. Katta ko`chada qaqqayib turmaylik, deb shuncha tortqilasangiz ham joyidan jilmaydi! Jilmaying! Aksariyat erkakalar shunday yaratilgan. Ular ikki ishni birdan qila olishmaydi. +am yurib, ham gaplashish osonmi sizga?

4. Yaxshi tomonga o`zgarishi uchun…

Iflos paypoqlar, futbolkalar… U echgan narsasini duch kelgan joyga tashlab ketib o`rgan. Kir kiyimlar hatto vannaxonagacha ham etib bora olmaydi. Shoshmang! Siz uning enagasimassiz. Agar u oddiy qoidalarga ham rioya kilmas ekan, o`z holiga qo`ying, toza paypoqlar tugasa, e`tirozlaringizni o`ylab ko`radi…

5. Sho`rlik bemor

Erkakka va uning salomatligi – odamzotning ochilmagan jumboqlari sirasiga kiradi. Agar unga jiddiy kasalliklar tahdid solib turgan bo`lsa, og`riqdan ikki bukchayib qolsa ham, qaysarlik bilan shifokorga borishdan bosh tortib turib oladi. Lekin (Xudo kursatmasin!) tomog`i og`risa yoki yo`talsa bormi… Shu zahoti ko`rpa-to`shak qilib, inqillab  yotib oladi. Uni ko`rib, shamaollagan emas, og`ir dardga chalingan deb o`ylash mumkin. Ehtiyot bo`ling! Albatta uning oh-vohini eshitib, peshanangizni tirishtirishingiz mumkin. Lekin kasalni o`tkazib yubormay shifokorga borishga ko`ndirishingiz kerak. Chunki erkaklar bu vazifani ham, ya`ni o`z salomatligiga e`tibor berishni ham ayollarning zimmasiga yuklab qo`yishgan. Nima ham qilardik….

6. Bilimdon maslahati

Bir paytlar maktab davrida arsloningiz futbol o`ynagan va shu sabab hanuz o`zini sportning eng kuchli bilag`oni deb hisoblaydi. Har gal futbol matchi boshlanganda televizor qarshisida o`tirib olib, noshud o`yinchilarni so`kib, maslahatlar berib, qichqirayaptimi? Qo`yavering! Ichidagi yig`ilib qolgan salbiy hislarni shu futbolga to`kib solsin. Sizga foyda-ku.

7. Buyuk tadqiqotchi

Aytaylik, siz kompyuterdagi oddiy narsani tushunmadingiz, masalan, bir dasturning yorlig`ini «ish stoli»ga chiqarish kerak. Lekin bu «murakkab» ishni bajarish uchun qisqa va tushunarli javob olish imkoniyatingiz yo`q. Chunki turmush o`rtog`ingiz shu arzimagan narsani ham qiyin terminlar bilan bir soat tushuntiradi va natijada siz baribir hech nimani tushunmaysiz. Agar antivirus o`rnatib berishini so`rasangiz-chi, butun dasturni boshqatdan ko`rib chiqadi. Dahshat… Lekin jahl qilmang. Axir u sizga yaxshi bo`lishini istagandi. Texnika erkak kishida tadqiqotchilik ruhini uyg`otsa, u aybdor emas-ku! Xalaqit bermang, izlanishlarini oxiriga etkazaversin. Ungacha esa bemalol ro`zg`or ishlaringizni bajarib kelavering. Oxirida rahmat aytishni ham unutmang.

Shunaqa! Oilam xotirjam bo`lsin desangiz, «arzimagan» narsalarga asabingizni buzib o`tirmay, murosa qilishni o`rganing.

DILSO`Z, Poytug` tumani

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1