Zarur masalliqlar: 500 gr. go`sht qiymasi, 100 grammdan pishloq va non, 100 ml. sut, 2 dona tuxum, 1 bosh piyoz, bitta kartoshka, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 4 osh qoshiq smetana yoki mayonez, 2 osh qoshiq ketchup, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Nonni maydalab, sutga bo`ktirib qo`ying.
2. Go`sht qiymasiga tuz, murch, tuxum, sutga bo`ktirilgan non va ezilgan sarimsoqpiyozni qo`shing.
3.. Qiymadan 12 ta kotlet yasab, pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga ustiga terib chiqing.
4. Piyozni qalinroq qilib halqa shaklida to`g`rang. Pomidorni esa aylana shaklda.
5. Kotlet ustiga ketchupdan surting-da, bir bo`lak piyoz qo`ying.
6. Endi mayonez surtib, pomidor bo`lagini qo`yasiz. Keyin yana mayonezdan surtib, pishloq bo`laklarini joylaysiz. Kotletlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqada pishadi. Dasturxonga kartoshka pyuresi yoki dimlangan guruch bilan tortish mumkin.
6 kishilik
1 soat