Zarur masalliqlar: 1 stakandan un va shakar, 4 dona tuxum, 2 ta behi, 3 osh qoshiq sariyog`.
Tayyorlanishi: 1. Behilarni yarim oy shaklida to`g`rang.
2. Sariyog`ni qizdirib, behi bo`laklarini soling. Shakar sepib, mevalar qizarguncha qovuring.
3. Tuxumni yaxshilab ko`pirtiring. Shakar qo`shib ko`pirtirishda davom eting. So`ngra un solasiz, quyuq xamir tayyorlaysiz.
4. Pishiriq qog`ozini qolipga yoyib, qovurilgan behi bo`laklarini soling. Ustidan xamirni quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo`ying.
6 kishilik
1 soat





