AsosiySUG'DIYONA

Tushlikka salat - jigardan to`yimli egulik!

Zarur masalliqlar: 150 gr. jigar, 2 ta bodring, 5 ta salat bargi, bitta bulg`or qalampiri, bir bo`lak limon, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq zaytun yog`i (o`simlik yog`i ishlatish ham mumkin), 1,5 choy qoshiq xantal, petrushka, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qizdirilgan o`simlik yog`ida jigarni qovurib oling.

2. Salat bargi va petrushkani kattaroq qilib to`g`rang.

3. Bulg`or qalampiri va bodringni somoncha shaklida maydalab to`g`rang. Ko`katlarga qo`shing.

4. Zaytun yog`iga xantal, tuz va limon sharbati qo`shib, sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring.

5. Pishgan jigarni o`rtacha kattalikda to`g`rang. Salatga qo`shing. Sousni solib, aralashtirsangiz, salat tayyor.

25 daqiqa.

2 kishilik

Boshqa yangiliklar