1

Erkaklarni kosmetolog xuzuriga chorolovchi 10 muammo

SUG'DIYONA 10.01.2017, 11:02
Teglar: Ayol, Erkak, SUGDIYONA
Erkaklarni kosmetolog xuzuriga chorolovchi 10 muammo

Sarlavhani o`qiboq «Mening erim hech qachon kosmetologga bormaydi» deyishga shoshilmang. Chunki erkaklarni qiynayotgan muammolarning echimi aynan shu mutaxassisga bog`liq bo`lishi mumkin-da. Ular qanday muammo ekan, deysizmi. Marhamat, quyidagi 10 noxushlikda sira tortinmay begingizni kosmetologga olib borsangiz bo`ladi.

 

Tozalash uchun

Yog` bezlarining noto`g`ri ishlashi oqibatida yuzning haddan tashqari yog`lanishi, yuz terisining quruqshab, to`kilishi tozalash muolajasini bajarishga asos hisoblanadi. Qolaversa, tozalik – sog`lik garovi! Іar qanday kosmetologik muolajani o`tkazishdan avval birinchi navbatda yuz tozalanadi. Ushbu jarayonning mexanik, vakuumli, ultratovushli usullari mavjud bo`lib, mijozning muammosidan kelib chiqqan holda qay biridan foydalanishni mutaxassis belgilaydi.

Adekolon va spirt saqlovchi vositalarning ta`siri

Doimiy ravishda soqol olish, spirt saqlovchi adekolon va turli vositalardan foydalanish teriga agressiv ta`sir ko`rsatadi. Natijada teri yorilib, achishish va qizarish kuzatiladi. Bu esa turli noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Bunday hollarda uyalib o`tirmasdan, mutaxassisga uchrashish lozim.  

Xusnbuzar qiynaganda

O`smir yoshga etganida yigitlarning yuziga xusnbuzar toshishni boshlaydi. Ba`zilarda bu bir muddatdan so`ng o`tib ketsa, boshqalarda dog` qolish xavfi bor. Buning oldini olish uchun esa malakali tibbiy ko`rikdan o`tib, davo choralarini boshlash tavsiya etiladi.

Yog`li o`smalar qiynasa

Ba`zida erkaklarda yuz, bo`yin, elka sohasida yog`li, yumshoq, tekkanda og`rimaydigan, yaxshi sifatli o`smalar chiqa boshlaydi. Agar u nerv tolalari yoki qon tomirlariga yaqin joylashgan bo`lsa qizarib, og`rishi mumkin.  Yog`li o`smalardan xalos bo`lishning eng samarali usuli jarrohlik yo`li bilan olib tashlashdir. Buni esa jarroh yoki diplomga ega kosmetolog amalga oshirishi kerak.

Pappillomada

Pappilloma — so`galga o`xshash yaxshi sifatli o`sma bo`lib, virus sababli paydo bo`ladi. Kosmetologik salonlarda elektrokoagulyasiya, suyuq azot bilan kuydirish yoki lazerli koagulyasiya usullari qo`llanilib, muolaja o`tkazilada.

Kongitiv mollyuskalar

Terida og`riqsiz mayda tugunchalarning paydo bo`lishi bilan kechuvchi xastalik aslida viruslarning xujumi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun avval virusolog shifokor bilan davo choralari ko`riladi. So`ng kosmetolog tomonidan mexanik, krioterapiya, azot yordamida muzlatish, lazer bilan davolash usullari tadbiq etiladi.

Haddan tashqari ko`p terlash

Erkaklarda shundoq ham ter bezlari faol ishlaydi. Agar ular noqulaylik tug`dirayotgan bo`lsa, muammoni aynan  kosmetologlar hal etishi mumkin. Ya`ni oyoq kafti yoki qo`ltiqqa botoks ine`siyasini yuborish orqali ter ishlab chiqaruvchi bezlarni harakatsizlantirib, ter ajralishini ma`lum muddatga kamaytirish imkoniyati mavjud.

Qon tomirlarining yorilishi

Inson yuzidagi qon tomirlarining teriga juda yaqin joylashganligi tomirlarning yorilishi va terining qizarib qolishiga olib keladi. Bu nafaqat ayollarni, balki kuchli jins vakillarini ham tashvishga solishi mumkin. Ushbu vaziyatda ham lazer amaliyoti orqali aynan kosmetolog muammongizga echim topsa ne ajab.

Quyoshda toblanganda

Yoz kunlari haddan ortiq oftobda toblanish yoki bosh kiyimsiz quyosh ostida yurish natijasida terida turli kattalikdagi dog`lar paydo bo`ladi. Ayollarimiz bunday hollarda darrov kosmetolog huzuriga borishsa, erkaklar esa nima uchundir uyalishadi. Ammo tortinish kerak emas. Agar o`sha dog` tashqi ko`rinishingizga soya solayotgan, noqulaylik tug`dirayotgan bo`lsa, hech ikkilanmay kosmetologga murojaat eting.

Ko`z ostidagi qopchalar

Bu muammo faqat ayollarnigina qiynaydi, deb o`ylasangiz, adashasiz. Tamaki va spirtli ichimliklardan keyin ayniqsa yaqqolroq namoyon bo`luvchi bu noxushlik erkak tashqi ko`rinishiga, demakki uning o`ziga bo`lgan ishonchi pasayishiga xizmat qiladi. Bundan xalos bo`lish uchun kosmetologlar uqalash, lazer yordamida ta`sir o`tkazish, mezoterapiya usullarini qo`llashlari mumkin.

MAFTUNA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1