1

«Meni kechir, xato qildim, meni kechir...». Kechirimli insonmisiz?

SUG'DIYONA 10.01.2017, 14:43
Teglar: Ayol, SUGDIYONA
«Meni kechir, xato qildim, meni kechir...». Kechirimli insonmisiz?

Sizni xafa qilishdi. Qattiq ranjidingiz. Ko`z yosh ham to`kildi. Endi qarangki, o`sha dilozor uzr so`rab o`tiribdi... Xo`sh, siz kechirimli insonmisiz? Testimizni ishlang va maslahatlarimizga quloq tuting.

1. Tiqilinch avtobusdasiz. Yo`lovchilardan biri oyog`ingizni bosib olsa...

A. «Agar u uzr so`rasa, miyig`ida jilmayib qo`yaman».

B. «Tanbeh beraman».

V. «Biroz surilib turaman».

G.  «Men ham uning oyog`ini bosib olaman».

2. Taqdir ekan, ko`ngil qo`yganingiz bilan ayrildingiz. Oradan bir yil o`tgach, u sizni to`yiga taklif qilsa...

A. «Ahmoq! Bu men uchun qanchalik og`riqli ekanligini bilmaydimi?»

B. «Borib turgan surbetlik-ku bu!»

V. «U uchun xursand bo`laman...»

G. «Kimga aza, kimga to`y, deb shuni aytishsa kerak-da!»

3. Yangi ishga kirish uchun suhbatga bordingiz. Qarasangiz, bir paytlari sizni qattiq ranjitgan dushmaningiz — rahbar. Qanday yo`l tutasiz?

A. «U o`zini noqulay sezmasligi uchun iloji boricha vaziyatni yumshatishga harakat qilaman».

B. «Bu ikkimiz uchun ham kutilmagan va noxush uchrashuv bo`ladi-yov».

V. «Kulib so`z boshlayman».

G. «Xayolimga «Shunaqa katta odam bo`lib ketibdimi?» degan fikr kelishi aniq».

4. Tasodifan eski qadrdoningiz bilan ko`rishib qoldingiz. Qariyb besh yildan buyon u haqda hech qanday ma`lumotga ega emasdingiz.

A. «Birinchi navbatda, shuncha vaqtdan beri qaerlarda yurganini so`rardim».

B. «Ko`rishganimdan xursand bo`laman!»

V. «Oldingidek munosabatda bo`lishim qiyin».

G. «Besh yil men uchun katta muddat. Uni bir qarashda tanisam ham katta gap!»

5. Yaqiningiz, deylik, umr yo`ldoshingiz sizning nomingizga kelgan maktubni o`qisa, tilingizga ko`chuvchi birinchi jumla?

A. «Tasodifan mening pochtamni titkiladingiz, shekilli-a?»

B. «Tushunaman, sizning cho`ntak kavlashdan boshqa tashvishingiz yo`q!»

V. «Bu meniki-ku!»

G. «Bu voqeadan keyin sizga qanday ishonishim mumkin?»

6. Oila a`zolaringizdan biri juda ko`p pul sarflayotganingizdan achchiqlansa...

A. Xushmuomalalik bilan o`zingizga yarasha istak-xohishlaringiz, chiqimlaringiz borligini tushuntirasiz.

B. Asabiylashasiz.

V. Nimaga, qaerga, qancha — hisobot berishga erinmaysiz.

G. Uni tushunishga harakat qilasiz.

7. Nimani kechirishingiz qiyin?

A. «Kimdir mening taqdirimni hal qilmoqchi bo`lganini».

B. «Va nihoyat, mavzuga oid savol berdingiz! Yaxshilab o`ylab olay!»

V. «Birovning aybi uchun meni jazolashganini unutolmayman».

G. «Kuchli asabiy holatga sababchi bo`lganlarning uzrini qabul qilolmasam kerak».

8. Qachonlardir ko`nglingizni og`ritgan kishi sizdan uzr so`rasa...

A. «Jahlim yomonam chiqadi-ki».

B. «Zarda qilaman».

V. «Tushunishga harakat qilaman. O`zim ham kimgadir ozor etkazgan bo`lishim mumkin-ku axir!»

G. «Uning holati his qilib, qiynalaman».

9. Siz bilan munosabatlari sovuqlashgan insonning boshiga tashvish tushsa, xayolingizga qanday fikr keladi?

A. «Yomonlik jazosiz qolmaydi, deganlari shu-da!»

B. «Yaxshi ish bo`lmapti».

V. «U bilan nimalar sodir bo`lishining menga umuman qizig`i yo`q».

G. «Qaytar dunyo, nima ham derdim?!»

10.  Qalbingizga ozor etkazganlarga qarata nima deysiz?

A. «Mening kunim boshingizga tushgandagina, qanchalik dilimni og`ritganingizni tushunasiz».

B. «Umid qilamanki, bu xatoni ikkinchi takrorlamaysiz».

V. «Bir kun afsuslanasiz hali...»

G. «Ko`rishga ko`zim yo`q!»

Javoblarni hisoblang

 

A

B

V

G

1

4

2

3

1

2

1

2

3

4

3

3

1

2

4

4

2

3

1

4

5

4

3

2

1

6

2

1

4

3

7

3

2

1

4

8

1

4

2

3

9

4

3

2

1

10

1

2

3

4

 

Natija

10-17 ball: «Kechirish?! Hech qachon!»

Siz uchun kimnidir avf etish juda mushkul masala. Yolvorib uzr so`rashsa-da, kechirishingiz amrimahol. To`g`ri, jahlingiz chiqqanda asablaringizni jilovlab, odobli kishi qiyofasiga kirasiz. Ammo bu bilan bor g`azabni ichga yutasiz va ikkinchi shu odam bilan duch kelmaslikni istaysiz. Ammo bu hayot, u tasodiflarga boy.

Masalahat: sizni ranjitishdimi, yaxshi so`z bilan xafagarchilik sabablarini tushuntiring. Shunda vaqtida muammodan xalos bo`lasiz va bor alamni ichingizga yutib, asrab yurmaysiz. Dilingizga ozor bergan kishi bilan aloqalarni ko`zni chirt yumib uzib ketaversangiz, butunlay yolg`izlanib qolishingiz xavfi bor, axir.

18-24 ball: qadamma-qadam

Dilozorlikdan avvaliga ruhan qiynalasiz. «Nega?» «Nahot?» kabi savollar ichida qolasiz. Keyin yaralarni davolashga kirishasiz. Bu yo`lda dilozorga bor alamingizni to`kib solishishingiz ham hech gapmas. Shu bosqichdan o`tgachgina, xafagarchilikka sabab bo`lgan voqeani xotirangizdan o`chirib tashlab, munosabatlarda yangi sahifa ochasiz.

Maslahat: shu tarzda davom eting. Axir bu taktika sabab siz jafokashga nisbatan ko`nglingizda gina saqlamaysiz va uni ayblashga kuch sarflamaysiz. Faqat hammasiga oydinlik kiritish bosqichida hissiyotga haddan ziyod berilmasangiz, bas.

 

25-31 ballgacha: «Men sizni kechirdim!»

Xuddiki qo`ng`iroq qilishganida, go`shakni ko`tarish lozimligi kabi uzr so`rashsa, kechirish kerak! Ha, siz uchun bu qiyinchilik tug`dirmaydi. Munosabatlardagi katta va kichik tushunmovchiliklar sizni osonlikcha chetlab o`tadi: o`ch olish, jahl qilish xayolingizga ham kelmaydi. Aksincha, dilozoringiz uchun o`nlab sabab topasiz va hatto hamma aybni o`z gardaningizga olasiz. Kechirimliligingiz — himoya vositangiz. Chunki yo`qotishlarga yo`q odamsiz. Buning ustiga er yuzida pastkash odamlar yo`qligiga ishongingiz keladi.

Maslahat: inson kechirimli bo`lishi kerak, albatta! Ammo sizning ko`ngli bo`shligingizdan hadeb foydalanaverishlariga yo`l qo`ymang. Ayniqsa, tuyg`ular haqida gap ketganda.

 

32-40 ballgacha: «Kechirmasdan ilojim qancha?»

Bir qarashda, kechirgandeksiz... ammo so`z va amallar orasida chegara qurgansiz. Qanday deysizmi? Odob yuzasidan kechirasiz, chunki bu sizga bolalikdan tarbiya, jamiyatda qabul qilingan me`yorlar ta`sirida singdirilgan. To`g`ri yo`l tutish borasida boshqalarga o`rnak bo`la olasiz, biroq harakatlaringizda nomutanosiblik bor: ich-ichingizdan sizni xafa qilgan isonning tanobini tortib qo`yishni istaysiz.

Maslahat: aslida nimalarni his qilayapsiz? Shunga oydinlik kiriting. Ko`nglingizdan kechayotganlarni sizni xafa qilgan kishiga ayta olmasangiz, kundaligingizga yozing. Unutmang, hech kim bilan majburan munosabat qurolmaysiz. O`rtadagi jarlikning katta-kichikligiga qarab, bir qarorga keling.

Shoira VAFOEVA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1