1

Mehribon onalarning 5 turi

SUG'DIYONA 10.01.2017, 16:05
Teglar: Ona, Oila, Bola, Ona va bola, SUGDIYONA
Mehribon onalarning 5 turi

Ona borki,  dilbandi o`sib-unishi uchun bor kuchini sarflaydi. Ammo ba`zan bola tarbiyasida xatoga yo`l qo`yayotganini tushunadi-yu, sababini bilolmay qiynaladi. Galdagi maslahatlarimiz mana shunday mehribon ayollarga.

 

Robotmi yo zobit?

U tarbiya borasida ko`p kitob o`qiydi, «o`rgimchak to`ri»ga kirib, ma`lumotlar yig`adi. Bola – tarbiyalanuvchi, shu bois ba`zan uning istaklariga e`tibor berish kerakligini unutadi. Masalan, bola vaqtida ovqatlantirish shart! Yoki robot-ona kichkintoyni kuniga 20 marta quchoqlash, kuniga 6 soat ko`tarib yurishi kerak, deb yozilganini o`qib, bu me`yorlarni ham to`la-to`kis bajarishga kirishadi. Bunda na o`zining, na farzandining fe`l-atvori, ehtiyoji, xohishi, kayfiyatini inabatga oladi.

Xavf: bunday yuzakilik, faqat maqsad sari olg`a yurish bola bilan ona o`rtasidagi samimiylikka putur etkazishi mumkin.

Chora: har bir «ona va bola» juftligi shunchalar noyobki, ularga yagona qoida ishlab chiqib bo`lmaydi. Shunday ekan, qoidalarga ko`r-ko`rona amal qilishning ham, ularni qidirib topishga vaqt sarflashning ham hojati yo`q.

 

Hali o`zi bola-ku...

U hamma uchun «yosh», hatto o`zi uchun ham. Bu «qizaloq» nuqul xato qilib qo`yishidan, aybdor bo`lib qolishdan qo`rqadi. U shu paytgacha doimo kattalarning izmidan chiqmagan. Bunday onalar no`noq va epsizliklari sabab bolaga ziyon etkazishdan qo`rqadilar: «Ko`taraman deb tushirvorsamchi, cho`miltiraman, deb burniga suv kiritvorsamchi?»

Xavf: o`zlariga ishonmaganlari sabab bolani chin dildan yaxshi ko`rishlariga qaramay, kichkintoy ona mehri va e`tiboridan bebahra qolishi mumkin.  

Chora: benuqson odam, bekami ko`st ona bo`lmasligini tushunishingiz kerak. Boshqalar ham siz kabi xato qilishgan, ikkilanishgan, o`zlarini aybdor his qilishgan. Demak, asta-sekinlik bilan tajriba orttirish kerak.

 

«Hushim keldi»

U kayfiyat odami: bir qarasang, dilbandini erkalashga tushadi, bir qarasang, jahli chiqib, dilbandiga achchiq qiladi. O`z hissiyotlarini boshqarolmaydi, go`dakni tushunishga harakat qilmaydi, tez-tez fikri o`zgaririb turadi, arzimagan bahona bilan tarbiya tizimini, enagani, shifokorni almashtirishi  mumkin.

Xavf:  kichik bolalar odatda kun tartibiga, harakatlar ketma-ketligiga, hatto narsalarning bir joyda turishiga o`rganadi. Tinimsiz o`zgarishlar tufayli kichkintoy noaniqliklar girdobidan chiqolmay, qiynaladi.

Chora: bunday ona farzandining hotirjam muhitda o`sishi, asabiylashmasligi uchun hech bo`lmaganda kichkintoyning oldida o`z kayfiyatidagi o`zgarishlarni nazorat qilishni o`rganishi kerak.

 

Barkamollik sari olg`a!

Ular bolalari bilan g`ururlanib, chaqaloqni «orden» qilib «taqib» yuradilar. Haqiqatan ham aksariyat hollarda bunday onalarning farzandlari tengdoshlariga nisbatan ertaroq harf taniydilar, chizish-yozishda ham tartibli bo`ladilar, eng yaxshi maktabga boradilar. Ammo, deylik, kichkintoy sog`ligida biror muammo tug`ilsa, ona buni sezmay qolishi hech gap emas. Axir bu uning komil farzand to`g`risidagi taassurotlariga mutlaqo to`g`ri kelmaydi-da.

Xavf: hech qanday shartlarsiz mehr-muhabbat ko`rmagan bola, hamisha xato qilib qo`ysa, undan yuz o`girishlari mumkinligini o`ylab yashaydi. Onaning kichkintoy sog`ligiga e`tibor qaratmagani esa davolashning kechikishiga olib keladi.

Chora: hayotga va o`z kichkintoyiga teranroq nazar bilan qarashga o`rganishi kerak. Bola qo`g`irchoq emaski, doim bir xil ko`rinishda bo`lsa.

 

Xizmatkor ona

U bolasining har qanday injiqligini ko`taradi, mittivoyning aytgani aytgan, degani degan. Farzandi baridan ustun: agar kichkintoydan vaqti ortsagina boshqa yumushlarga qo`l uradi, biroq buning imkoni bo`lmasa, na iloj?..  Bunday onaning maqsadi bolaning ehtiyojlari va talablarini imkon qadar tezroq qondirishdir. U onalik burchini bolaga xizmat qilishda deb biladi.

Xavf: “xizmatkor” onaning bolasi qiyinchilik nima, mashaqqat nima bilmaydi. Natijada, boqimanda, injiq, sabrsiz bo`lib ulg`ayadi.

Chora: bolasini jonidan ham ortiq ko`radigan bu onamiz o`zi, oilasi haqida ham o`ylashni boshlashi va asta-sekin kichkintoyni o`z panohidan chiqarishi kerak.  

 

Bu maqolamiz bilan zinhor onalarni tanqid qilmoloqchi emasmiz. Axir munis ayollarimiz eng yaxshi niyatlar bilan shu muammolarga duch keladilar. Muammoni tushunish esa har bir holatda qanday choralar ko`rish yo`lidagi muhim qadamdir. 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1