1

FIFA Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 taga etkazdi

Sport 10.01.2017, 16:09
FIFA Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 taga etkazdi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 48 taga etkazish bo`yicha qaror qabul qildi.

FIFAning yangi formati JCh–2026 dan boshlab qo`llanadi. Unda terma jamoalar 16 ta guruhga bo`linadi va har bir guruhda 3 tadan jamoa o`rin oladi. Guruhdagi eng yaxshi natijani qayd etgan 2 jamoa pley-off bosqichiga yo`l oladi. Uchrashuvlar soni ham 64 tadan 80 tagacha oshiriladi.

JCh–2026 turnirida ishtirok etish uchun Evropa mamlakatlariga 16 ta, Afrika qit`asiga 9,5 ta, Osiyoga 8,5 ta, Janubiy Amerikaga 6,5 ta, Shimoliy va Markaziy Amerikaga 6,5 ta hamda Okeaniyaga 1 ta kvota berilishi ko`zda tutilgan.

JCh–2026 turniri qaerda bo`lib o`tishi hali aniqlanmagan. Mundialga mezbonlik qilish uchun Hindiston va Xitoy (birgalikda) hamda Ekvador, Boliviya, Peru va Paragvay (birgalikda) da`vogarlik qilmoqda. Kanada va Yangi Zelandiya Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi.

Ma`lumot uchun, JCh ishtirokchilari formati ettinchi marta o`zgarmoqda. 1998 yildan buyon Jahon chempionatida 32 jamoa 4 tadan 8 guruhga bo`lingan holda ishtirok etib kelmoqda. Ushbu format JCh–2018 (Rossiya) va JCh–2022 (Qatar) turnirlarida saqlanib qoladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1