AsosiySUG'DIYONA

Yaponcha parhez orqali ochlikni his qilmay, qisqa vaqt ichida vazn yo`qoting!

 

Yapon parhezshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dietada qisqa vaqt ichida vazn yo`qotasiz va bu natija 2-3 yilgacha o`zgarmaydi.

Yaponcha parhez to`liq 13 kun davom etadi. Kunlik rasionda uglevodlarni cheklab, foydali mahsulotlardan iste`mol qilinadi. Bunday parhez bilan ochlikni his qilmay ozasiz va moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi.

1-kun

Nonushta: qahva.

Tushlik: 2 dona qaynatilgan tuxum, o`simlik moyi qo`shilgan karamdan karamli salat, bir stakan pomidor sharbati yoki 1 dona pomidor.

Kechki ovqat: qovurilgan yoki dimlangan baliq, o`simlik moyi qo`shilgan karamli salat.

2-kun

Nonushta: qahva va qotgan non.

Tushlik: qovurilgan yoki dimlangan baliq, o`simlik moyi qo`shib tayyorlangan karamli salat.

Kechki ovqat: 200 gr. dimlangan mol go`shti va 1 stakan kefir.

3-kun

Nonushta: qahva.

Tushlik: bitta qaynatilgan tuxum va 3 ta qaynatilgan sabzidan o`simlik moyi solinib tayyorlangan salat.

Kechki ovqat: olma.

4-kun

Nonushta: qahva.

Tushlik: ko`katlarga o`simlik moyi qo`shib tayyorlangan salat va olma.

Kechki ovqat: 2 ta qaynatilgan tuxum, 200 gramm qaynatilgan mol go`shti va o`simlik yog`i qo`shilgan karamli salat.

5-kun

Nonushta: qirg`ichdan chiqarilgan, limon sharbati qo`shilgan xom sabzi.

Tushlik: 500 gramm qovurilgan yoki dimlangan baliq va 1 stakan pomidor sharbati.

Kechki ovqat: 200 gramm qovurilgan yoki dimlangan baliq va  o`simlik yoqi qo`shilgan karamli salat.

6-kun

Nonushta: qahva.

Tushlik: 500 gramm dimlangan tovuq, xom sabzi va o`simlik yog`i solingan karamli salat.

Kechki ovqat: 2 dona qaynatilgan tuxum va xom sabziga o`simlik yog`i solib tayyorlangan salat.

7-kun

Nonushta: choy.

Tushlik: 200 gramm dimlangan mol go`shti va mevalar.

Kechki ovqat: oldingi kunlardan istalgan taom, faqatgina uchinchi kundan tashqari.  Sakkinzinchi kundan boshlab esa yuqoridagi ketma-ketlikda parhezni 13 kungacha davom ettiring.

Yodda tuting: parhez vaqtida tuz, shakar va spirtli ichimliklar qabul qilmang. Bir kunda 1,5-2 litr suv, choy, va shakarsiz qahva iching. Parhezda asosan qahva qabul qilish kerakligi sababli bu usul yuragida muammosi bor insonlarga qat`iyan man etiladi.

Natija: 7-8 kilogrammdan xalos bo`lasiz.

Boshqa yangiliklar