«Ekler» shirinligi qaynatilgan xamirdan tayyorlangani uchun biroz qiyinroq tuyulishi va birinchi martada o`xshamasligi mumkin. Biroq uning og`izda eriydigan mazasi chekkan mashaqqatingizga arziydi.
1. Birinchi bosqichda vaqtni tejamang
Ma`lumki, birinchi bosqich sariyog`ni suv yoki sut bilan, tuz qo`shib qaynatishdan boshlanadi. Va aynan shu jarayonda shoshqaloq bekalar asosiy xatoga yo`l qo`yishadi. Agar sariyog` yaxshilab erimasa, «ekler»lar shishib chiqishi dargumon.
2. Unni albatta elang
Elanmagan undan xamiri bir maromga kelmagan, pishib chiqqanda esa qiyshiq shirinliklar hosil bo`ladi.
3. Xamir sovushi kerak
Xamir sovimay turib tuxumni solish, mumkini emas. Sovimagan xamirga solingan tuxumning oqi qotib qoladi va shirinligingiz ko`tarilmaydi. Xamirning harorati 60 daraja bo`lishi kerak. Agar sizda maxsus oshxona termometri bo`lmasa, shunchaki xamirga qo`lingizni tekkizib ko`ring. Iliq bo`lsa tuxumni soling.
4. Tuxumni qachon va qanday solish
Tuxumni muzlatgichdan oliboq sola ko`rmang. Uni «ekler» tayyorlashga kirishishingizdan avval muzlatgichdan olib qo`ying. Tuxumni bittalab solish kerak, aks holda xamirni aralashtirish qiyinlashadi. Xamir bir maromga kelmagunicha yaxshilab aralashtiring. Biroq mikser ishlata ko`rmang. Tayyor xamirni, pergament qog`ozi solingan gaz patnisiga qoshig`ida solasiz. Uni xamirga solishdan avval ho`llasangiz, xamir yopishmaydi. «Ekler» gaz pechida ikki baravar ko`tarilishini hisobga olgan holda, choy qoshiqda oz-ozdan solsangiz bo`ladi.
5. Harorat
Pishirig`ingiz yumshoq chiqishi uchun me`yoriy harorat juda muhim. Birinchi 10 daqiqada gaz pechini 220 darajaga sozlang. Keyin 190 darajada, ustiga qizillik yugurguncha pishirib olasiz.
6. Tayyorligini aniqlash
«Ekler» pishganligini aniqlash uchun, tezda bittasini oling, agar u sovuq haroratdan puchayib qolmasa, demak pishirig`ingiz tayyor!