AsosiyJinoyat

Samarqandda haydovchi piyodalarni urib yubordi

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

'Samarqandda haydovchi piyodalarni urib yubordi'ning rasmi

2025-yil 11-aprel kuni Samarqand shahrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu holat soat 20:00 atrofida “Nurli yo‘l” mahallasidagi “Rudakiy” ko‘chasida sodir bo‘lgan.

1997-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqarolarni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida bir nechta piyoda turli darajadagi tan jarohatlarini olgan va zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ularga shifokorlar tomonidan birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda uyida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 09:27

    Samarqandda uyida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

    Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning uyida giyohvand moddalaridan tashqari, qalbaki pullar ham bo‘lgan.

    'Toshkent viloyatida tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 09:14

    Toshkent viloyatida tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

    Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborilgan.

    'Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kallasiga urib jarohat yetkazdi'ning rasmi

    Jinoyat 23.04.2025 21:56

    Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kallasiga urib jarohat yetkazdi

    “Mudarris” xususiy maktabidagi zo‘ravonlik holati yuzasidan sud hukm chiqardi.

    'Prokuratura xodimi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirib, vafot etdi'ning rasmi

    Jinoyat 22.04.2025 11:22

    Prokuratura xodimi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirib, vafot etdi

    Marhumning ayoli bildirishicha, fuqaro klinikaga borishidan oldin sog‘lom bo‘lgan.

    'Buxorodagi xususiy klinikada 13 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jinoyat 22.04.2025 10:19

    Buxorodagi xususiy klinikada 13 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

    'Pora ildiz otgan mansablar: ta’limdan to ekologiyagacha'ning rasmi

    Jinoyat 22.04.2025 08:53

    Pora ildiz otgan mansablar: ta’limdan to ekologiyagacha

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi navbatdagi javobgarliklar qatorida bir necha mas’ul shaxslar qo‘lga olindi.