AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda oxirgi 3 oyda qancha benzin ishlab chiqarildi?

Milliy statistika qo‘mitasi qancha benzin ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

'O‘zbekistonda oxirgi 3 oyda qancha benzin ishlab chiqarildi?'ning rasmi

2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 304,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56,3 ming tonna kam. Negaki 2024 yilning dastlabki uch oyi mobaynida respublikada 360,6 ming tonna benzin ishlab chiqarilgandi.

Shuningdek, mazkur yilning 3 oyi davomida mamlakatda 1,2 million tonna ko‘mir, 160,8 ming tonna neft, 11,3 milliard kubometr tabiiy gaz, 296,6 ming tonna gaz kondensati, 915 dona yuk avtomobillari hamda 70 ming 20 dona avtomobil dvigatellari singari ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

O‘tgan yilning mos davrida esa ko‘mir ancha kam ishlab chiqarilgan (968,9 ming tonna). Neft ishlab chiqarilishi 179,1 ming tonna, gaz kondensati 326,3 ming tonnaga teng bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning butun 12 oyi davomida 1,3 million tonna benzin, 8,2 million tonna ko‘mir tayyorlangan bo‘lsa, ishlab chiqarilgan gaz kondensati 1,2 million tonna va neft 713,4 ming tonna edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:09

    Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

    Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 17:29

    '"Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 14:38

    "Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?

    Farg'ona viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.