"O‘zgidromet" 23 aprel kuni ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.