AsosiySUG'DIYONA

Ko`z shakliga qarab ten tanlang!

1.      Dumaloq ko`zlar

To`q rangli tenlarni ustki qovoqning o`rtasiga, och rangli tenlarni esa ko`z burchaklariga surting.

2.      Bodomko`zlar

Neytral rangdagi ten bilan ustki qovoqni tashqi burchakka qarab bo`yang. To`qroq ten yordamida esa ustki qovoq buklanadigan joy pastiga urg`u bering.

3.      Osiyocha ko`zlar

Kipriklar ustiga to`q tendan chiziq tortib, qosh ostiga och rangli ten surtish tavsiya etiladi.

4.      Chuqur joylashgan ko`zlar

To`q rangli ten bilan qovoqlar buklanadigan joyini bo`yab, qosh ostiga och rangli tendan foydalaning.

5.      Kichkina ko`zlar

Qosh tagiga qalin qilib marvarid rangli tendan surtsangiz, ko`zingiz katta ko`rinadi. Ustki qovoqning tashqi burchagiga ozgina to`q rangli tenlardan surting.

6.      Bodomqovoq ko`zlar

Pastki qovoqlarni och rangli, ustki qovoq buklanadigan qismini to`qroq tenlar bilan bo`yasangiz, so`lg`in qovoqlar bekitiladi.

7.      Ko`zning tashqi burchagi pastga qaragan bo`lsa

To`q rangli tenlarni ustki qovoq markazidan yuqoriga qarab bo`yang.

8.      Tashqi burchaklari ko`tarilgan ko`zlar

Ustki va pastki qovoqlardagi kipriklar tagiga to`q rangli tendan ichki burchaklarga tegmagan holda chiziq torting. Ko`zning qolgan qismlarini och rangli ten bilan bo`yang.

Boshqa yangiliklar