1

Er-xotin munosabatlari: muammo va echimlar

SUG'DIYONA 11.01.2017, 15:45
Teglar: Ayol, Erkak, Er-xotin, SUGDIYONA
Er-xotin munosabatlari: muammo va echimlar

Muhabbat turfa xil bo`ladi. Va undan xafsalangiz pir bo`lmasligi uchun sizni juftingiz bilan qanday tuyg`ular bog`lab turganini va ularni qay tarzda mustahkamlashni bilish kerak…

«Bir-birimizni so`zsiz ham tushunamiz»

Muhabbat-do`stlik. O`zaro tushunish, bir to`xtamga kela olish, qiziqishlarning o`xshashligi… Baxt uchun yana nima kerak, dersiz? Rostdan ham bu eng mustahkam juftlikka xos xususiyatlar. Ammo…

Xavfi. Bunday munosabatga ko`pincha «yig`ilib-yig`ilib, oxiri portlash» rahna solishi mumkin. Do`stlik asosidagi muhabbat ko`pincha juftliklardan biri oldingi muhabbat qissasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin yuzaga keladi. Do`stim deb yurgan insonining qo`llab-quvvatlashidan so`ng (ko`pincha bu holat qizlarda kuzatiladi) «baxtni uzoqdan izlashga hojat yo`q» degan qarorga keladi. Bunday munosabatda juftlikning biri sevadi, ikkinchisi sevmasa-da, seviladi.

Nima qilish kerak? Tuyg`ular o`ta alangalanmasa-da, unutmang, sokin suvda suzuvchi muhabbat qayig`i uzoqqa boradi.

 «Hammasini to`g`ri hisobladimmi?..»

Muhabbat-daromad. Ko`pchilikka tanish holat: oshiq yigitning shaxsiy uyi, qimmatbaho mashinasi bo`lsa, bu uning yoqimliligini oshiradi. Erkaklar buni juda yaxshi bilishadi va «hisob-kitob»ga asoslangan munosabatlarni aksariyat hollarda futbolchilarning bitta darvozaga gol urishiga qiyoslash mumkin. Siz sotuvchi, sherigingiz esa yoshligingiz va go`zalligingiz xaridori.

Xavfi. Sizga bunday «shartnoma» ma`qul bo`lsa ham muammolar tug`ilishi mumkin. Bunday hayot ba`zida oltin qafasga tushib qolganlik hissini berishi mumkin.

Nima qilish kerak? Tanlang: muhabbatmi yoki boylik? Tanlovda shuni ham inobatga olingki, moliyaviy ahvol hamisha bir maromda kechmasligi mumkin.

 «Negadir zerikayapman…»

Muhabbat-odat. Insonning o`ziga bo`lgan ishonchi unga qat`iylik va xavfsizlik hissini beradi. Juftini tushunish, bir qarorga kelishda jiddiy qarama-qarshiliklarning bo`lmasligi munosabatlarni uzoq saqlash imkonini beradi.

Xavfi. Bir xil hayot tarzi hammaga ham yoqavermaydi. Bu tarzdagi munosabatdan juftlik zerikib, bir-biriga qiziqishi so`nib borishi mumkin.

Nima qilish kerak? Hayot tarzingizni rang-baranglashtiring! Imidjingizni o`zgartiring, uyingizni o`zgacha qilib bezating, yangi mashg`ulotlar toping. Xullas, sevgilingizni o`zgarishlar bilan hayratda qoldiring!

 «Uni tushunib bo`lmaydi»

Muhabbat-azob. Kun bo`yi qo`ng`iroq qilishini kutib o`tirish, ich-etni eydigan rashk, dugonalarning rahmdillik qilib beradigan maslahatlari — bularning barchasi hayotingizni uzoq davom etadigan serialga aylantiradi. Va siz keyingi «seriya»larda barcha muammolaringiz hal bo`lishiga umid qilasiz.

Xavfi. Kun o`tgani sari rashkingizga, muammolaringizga muammo qo`shilaveradi. Ayniqsa, oilada farzand dunyoga kelsa, munosabatlarning bunday kechishi ko`ngilni xira, vaziyatni battar chigal qiladi.

Echim. Farzandli bo`lishni rejalashtirayapsizmi? Unda muomala uslubingizni o`zgartiring. Barcha muammolarni juftingiz bilan ortiqcha gap-so`zlar, janjallarsiz hal qilishga urining.

 «Boshqa kim ham qayg`urardi?»

Muhabbat-shafqat. «Yomon bo`lsa ham boshimda erim bor!» Bu gapni siz ham eshitgandirsiz? Turmushga chiqmagan, yolg`iz dugonalarini ko`rganda aytiladigan shu birgina gap ham munosabatlarning qay tartibda ekanini anglatadi. Bunday muhabbatning ikkita sababi bor: yolg`izlikdan qo`rqish va ayollarga xos rahmdillik hissi.

Xavfi. Ajablanarlisi, bunday juftlikdagi erkak ancha qulay vaziyatda bo`ladi. Chunki u nima bo`lgan taqdirda ham sevgilisi yonida bo`lishiga ishonadi. Ayol esa ertami kechmi, eri uning g`amxo`rligi va mehribonligidan yana-da ko`proq foydalana boshlashidan jazavaga tushadi.

Echim. Juftingizga mehribonlikda davom eting, lekin o`ta taltayib ketib, hatto uydagi erkak kishi talab etiladigan ishlarni ham bajarmay qo`yishiga yo`l qo`ymang. Buning uchun «uy ishlarini qilmaysiz», deb janjal ko`tarish shart emas. Eringiz odatlangan mehribonligingizdan foydalansangiz kifoya.

NILUFAR tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1