1

“Lokomotiv”ning Dubaydagi yig`iniga yana bir ivuarlik legioner kelib qo`shildi

Sport 12.01.2017, 10:06
“Lokomotiv”ning Dubaydagi yig`iniga yana bir ivuarlik legioner kelib qo`shildi

O`zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” ayni damda BAAning Dubay shahridagi mavsumoldi o`quv-mashg`ulot yig`inini davom ettirmoqda.

“Temiryo`lchilar” kuniga ikki mahaldan mashg`ulot o`tkazishmoqda. Ertalabgi mashg`ulot jarayonida asosan jismoniy tayyorgarlikka katta urg`u berilayotgan bo`lsa, tushdan keyin esa ko`proq to`p bilan muomala qilish mashqlari bajarilmoqda. Shuningdek, yig`inda yana bir ivuarlik futbolchi qatnashayotganini ta`kidlash joiz.

Kot-d’Ivuarning eng iste`dodli yosh futbolchilaridan biri deya e`tirof etilayotgan Junior Axissan Lendri bugundan “Lokomotiv” mashg`ulotlariga qo`shildi. Ushbu 20 yoshli hujumkor yarim himoyachi o`z mamlakatining yoshlar terma jamoasi bilan Afrika chempionatida g`olib chiqib, 2013 yilgi yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida ham chorak finalga qadar etib borgandi.

Bir qator grand jamoalar qiziqishiga sabab bo`lgan futbolchi o`tgan yilni Ukrainaning “Dinamo Kiev” jamoasida o`tkazdi. Ayni damda esa u bizning jamoamiz ko`rigida bo`lib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1