AsosiySUG'DIYONA

Turkcha o`rama - yaqinlaringizni antiqa ovqatlar bilan hayratlantiring

Zarur masalliqlar: 1 kg. go`sht, 200 ml. tovuq sho`rva (kubiklardan foydalansangiz ham bo`ladi), 100 gr. qaymoq, 2 choy qoshiq kraxmal, 1 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va limon sharbati, tuz, murch.

Qaylasiga: 2 ta qaynatilgan kartoshka, 1 bosh piyoz, 1 dona tuxum, 1 bog` shivit, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqalab to`g`rab, yog`da qovurib oling. Qaynatilgan kartoshka va shivitni maydalab to`g`rab, tuxum va qovurilgan piyoz bilna aralashtiring. Tuz, murch seping.

2. Go`shtni pichoq bilan urib, sellofanga solib yoying. O`rtasiga qayla solib, chetlarini zichlab yopib, ip bilan bog`lang.

3. O`ramaga tuz va murch sepib, o`simlik yog`ida 5 daqiqa qovuring. Keyin sho`rva solib, qaynab chiqqach, past olovda qopg`onini yopib dimlang.

4. Pishgan o`ramani qozondan olib, folga (zar qog`oz)ga 15 daqiqaga o`rab qo`ying. Qozonda qolgan sho`rvaga qaymoq, tuz, murch va limon sharbati solib, go`shtli o`rama bilan birga dasturxonga torting.

Qovurilayotgan go`sht xushxo`r bo`lishini istasangiz, pishirishdan avval unga xantal kukuni seping.

 

Boshqa yangiliklar