1

«Olchajon» shirinligi - bolajonlarning jonu-dili

SUG'DIYONA 13.01.2017, 16:22
Teglar: Taom, SUGDIYONA
«Olchajon» shirinligi - bolajonlarning jonu-dili

Zarur masalliqlar: 250 gr. olcha murabbosi, 150 gr. un, 2 osh qoshiqdan kakoa kukuni va shakar, 2 choy qoshiq yumshatgich, 1 dona tuxum, 150 ml. quyiltirilgan sut (sgushyonka), 50 gr. sariyog`.

Glazur uchun: 150 gr. shokolad, 150 ml. qaymoq.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum oqni ko`pirtirib,  yumshatilgan sariyog`, sut qo`shing. Un, kakoa kukuni, yumshatgich va shakarni aralashtirib, uni ham qo`shing.

2. Murabbodagi olchani danagidan ajratib, xamirga qo`shing. Xamirni kichkina silikon qolipchalarga solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechida yarim soat davomida pishiring.

3. Shokoladni bo`laklab, bug`da eriting. Qaymoqni qo`pirtirib, eritilgan shokoladga qo`shing.

4. Pishgan kesklarni rasmdagidek qog`oz qolipchalarga solib, ustiga glazur surting va konservalangan olcha donalari bilan bezang.

Silikon qolipdan pishiriqni chiqarib olish uchun qolipning chekkalarini salgina bukish kifoya, shunda keksning o`zi likopga sakrab chiqadi.

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1