1

"Bunyodkor" Shotlandiya klubiga engildi

Sport 16.01.2017, 12:02
"Bunyodkor" Shotlandiya klubiga engildi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig`ini doirasidagi beshinchi nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu safargi sparring raqibimiz – Shotlandiya chempionatida 3-o`rinda borayotgan “Aberdin” klubi bo`ldi.

“Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan shotlandiyaliklarga qarshi ham aralash tarkibni maydonga tushirdi. Odatda natija unutilib, jamoa o`yinini shakllantirishga qaratiladigan bu kabi nazorat uchrashuvlarida tarkibdagi deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi. Garchi raqib nomdor va kuchli bo`lishiga qaramasdan murabbiylarimiz tarkibdagi deyarli barchani maydonga tushirdi.

Bevosita o`yinga to`xtaladigan bo`lsak, “Aberdin” vakillari Jonni Xayesning o`yin startidagi goli evaziga oldinga o`tib olishdi. 33-daqiqada Mirjamol Qosimov burchak zarbasini amalga oshirdi. Standart vaziyatida to`pni qabul qilib olgan Otabek Shukurov sherigi Javohir Esonqulovni qulay vaziyatga chiqardi. Javohir aniq va kuchli zarbasi bilan mo`ljalda adashmadi – 1:1. Ikkinchi bo`lim o`rtalarida Grim Shinnie shotlandiyaliklarga g`alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

O`rtoqlik uchrashuvi
“ABERDIN” (Shotlandiya) – “BUNYoDKOR” (O`zbekiston) 2:1 (1:1)
Gollar: Xayes 2 (1:0), Javohir Esonqulov 33 (1:1), Shinnie 75 (2:1)
“Bunyodkor”: Dilshod Hamroev, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich, Islomjon Qobilov, Akramjon Komilov, Jovlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov, Otabek Shukurov, Xurshid G`iyosov, Shahzodbek Nurmatov, Javohir Esonqulov
Zaxira: Murodjon Zuhurov, Aleksandar Ignatovich, Javlon Mirabdullaev, Nurillo To`xtasinov, Nodirxon Kamolov, Dostonbek Hamdamov, Vadim Chemirtan, Mirjahon Mirahmadov, Sardorbek Azimov
15 yanvar. Dubay. “Jebel Ali”

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1