Qo`llar parvarishi va sovuq mavsum saboqlari

SUG'DIYONA 16.01.2017, 14:07
Teglar: Ayol, Go`zallik, SUGDIYONA
Qo`llar parvarishi va sovuq mavsum saboqlari

Qish zaxmidan a`zoi badanimiz, yuz, quloqlarni ehtiyot qilamiz-u, qo`l va tirnoqlarga har doim ham etarlicha e`tibor beravermaymiz. Axir ular ham yuz kabi doimiy ravishda ochiq bo`lib, ko`chadagi ob-havo ta`siriga ko`proq beriladi-ku! Sahifamizdan o`rin olgan qo`l parvarishi muolajalaridan foydalanib, qo`llaringizga salomatlik bag`ishlang. Yodingizda bo`lsin, qo`llar inson yoshi, kasbi va tabiati haqida ko`p ma`lumot bera oladi.

Muhim qoidalar

  • Qish mavsumida qo`llarga sovuq havo, shamol, qor, izg`irin ta`sirida kaftning yuzasi qurib, yorila boshlaydi. Bunday tipik holatlarda qo`lni vaqtincha sovun bilan yuvishni bas qilib, gliserinli iliq suv (1 litr suvga 0,5 stakan gliserin solib) ishlating.
  • Sovuq paytlarda qo`lni suvga ko`p urmaslik uchun ba`zi uy yumushlari uchun rezina qo`lqoplar tayyorlab qo`ying. Ko`cha-ko`yda esa albatta qo`lqop kiyishni unutmang.
  • Sumkangizga qo`llar uchun mo`ljallangan oziqlantiruvchi kremlarni solib qo`ying. Darvoqe, qishda kremni surtib, darrov tashqariga chiqilmaydi, bu qo`lning shamollashiga olib kelishi mumkin. Ish joyingizda esa qulay fursat topib, qo`llaringizni oziqlantirib, yumshatishga harakat qiling.
  • Qo`l parvarishida haftasiga 1-2 marta turli vannalar qilish ham samarali. Moychechak, kalendula, qariqiz (chereda) damlamalari yoriqlar bitishida, shamollashni bartaraf etishda foydali xususiyatlarga ega.

Qo`lbola niqoblar

1 dona tuxum sarig`iga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq tolqon soling. Tayyor bo`lgan niqobni qo`lga qalin qilib surtib, ustidan paxta mato yoki qo`lqop kiying. 20 daqiqadan so`ng gliserinli suv bilan yuvib, oziqlantiruvchi krem surting.

* * *

Tuxum sarig`i, 1 osh qoshiq o`simlik yog`i va 1 choy qoshiq asal aralashmasidan tarkib topgan niqob ham ajoyib natija beradi. Bu niqobni qo`lga tez-tez surtib, ustidan o`raladiyu yarim soat tin olinadi. Qo`lni iliq suvda sovunsiz yuvgach, yumshatuvchi krem surtiladi.

* * *

3 dona qaynatilgan kartoshkani ezib, biroz sut bilan yaxshilab aralashtiring. Bo`tqa holiga kelgan issiqroq bo`tqaga qo`llarni solib, sovigunicha ushlab turing. Bu niqob mo``jizaviy yoshartiruvchi xususiyat kasb etadi. So`ng qo`llarni sovuqroq suv bilan yuvib, yog`li krem surting.

Tirsak uchun…

Tirsakni oqartirib, terisini normal holatga keltirish uchun haftada bir marta sovunli vanna qiling. So`ng uyquga yotishdan avval yog`li oziqlantiruvchi krem surting.

Tirnoqlar

Ayozda barmoqlar, xususan, tirnoqlar haqida alohida qayg`urishga to`g`ri keladi. Ular zararlanmasin desangiz, kanakunjut, bodom, o`simlik yog`laridan foydalaning. Tirnoqlarga limon sharbati surtsangiz ham, sog`lom tus oladi. Tirnoq chetida yoriqlar paydo bo`lsa, sovuq havo oqimi ta`sirida ko`p hollarda o`sha erda yiring to`planish holatlari kuzatiladi. Xalq tabobatida buni sog`lom barmoq chidashi mumkin bo`lgan darajadagi issiq suvga (moychechak damlamasiga) botirib davolashadi. Sabr bilan shunday qilinsa, tirnoq atrofidagi yiring qotib, so`rilib ketadi; agar gazak olgan bo`lsa, chiqarib tashlash osonlashadi.

Dilnoza UMAROVA

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1